Goal24.uz » Video lavhalar » Saloh, Mane, Firmino. “Liverpul”ning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)

Saloh, Mane, Firmino. “Liverpul”ning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)

Автор: admin

Goal24.uz futbol muxlislarining talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib kelmoqda. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida “Liverpul” klubining 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari taqdim etiladi. Gollar reytingi “Liverpul” matbuot xizmati talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

10-o‘rin. Muhammad Saloh | “Bornmut”—“Liverpul” 0:4

Saloh uchrashuvda jamoasining to‘rtinchi, o‘zining esa uchinchi golini shu tarzda kiritadi va jamoasining yirik g‘alabasini ta’minlaydi.

9-o‘rin. Roberto Firmino | “Manchester Siti”—“Liverpul” 2:1

Firmino 64-daqiqada ushbu goli bilan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq “shaharliklar” yana bir marta darvozani ishg‘ol qilgan holda g‘alabani ilib ketadi. Keyinchalik “Siti”ni to‘xtatib bo‘lmaydi va Pep Gvardiola shogirdlari chempionlikni qo‘lga kiritadi.

8-o‘rin. Jorjinyo Veynaldum | “Liverpul”—“Bornmut” 3:0

Robertsonning zargarona uzatmasidan so‘ng Jorjinyo to‘pni darvozabon ustidan oshirgan holda darvozaga joylab qo‘yadi.

7-o‘rin. Roberto Firmino | “Liverpul”—“Arsenal” 5:1

Dastlab o‘z davrozasidan to‘p olib chiqqan mersisaydliklar keyinchalik bunga beshta gol bilan javob qiladi. Firmino “Arsenal” himoyasini yorib o‘tgan holda gollaridan birini uradi. Uchrashuvda braziliyalik futbolchi het-trik qayd etadi.

6-o‘rin. Sadio Mane | “Liverpul”—“Uotford” 5:0

Mane dastlab to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘yadi, biroq bu xatosini shedevr gol bilan yuvadi va uchrashuvdagi dublini nishonlaydi.

5-o‘rin. Divok Origi | “Liverpul”—“Barselona” 4:0

Chempionlar Ligasi yarim final ilk bahsida “Liverpul” mehmonda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgani yetmaganidek, javob uchrashuvida Firmino va Saloh xizmatidan foydalana olmaydi. Biroq Origi ularning yo‘qligini bildirmaydi. “Barselona” 79-daqiqada himoyada juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi va Divok jamoasini finalga olib chiqqan gol muallifiga aylanadi.

4-o‘rin. Deniel Starrij | “Chelsi”—“Liverpul” 1:1

Uchrashuvning 86-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Deniyel oradan uch daqiqa o‘tib “qizillar”ga bir ochko taqdim etgan gol muallifiga aylanadi.

3-o‘rin. Sadio Mane | “Bavariya”—“Liverpul” 1:3

Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi qarama-qarshilikda 115 daqiqalik nursiz o‘yindan so‘ng (ilk bahsda 0:0 hisobi qayd etiladi) Mane Manuel Noyerning xatosini shu tarzda jazolaydi.

2-o‘rin. Divok Origi | “Tottenhem”—“Liverpul” 0:2

Chempionlar Ligasi finalida Origi uchrashuvning 87-daqiqasida bahs taqdirini hal qilib qo‘yadi.

1-o‘rin. Muhammad Saloh | “Liverpul”—“Chelsi” 2:0

Saloh uzoq masofadan mukammal zarba yo‘llagan holda Kepa Arrisabalagani dog‘da qoldiradi va mavsumning eng chiroyli goliga muallif bo‘ladi.
265   
Добавить комментарий
Ваше имя: *