Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Jangarilar»dan tuzilgan ramziy jamoa

«Jangarilar»dan tuzilgan ramziy jamoa

Автор: admin

Vinni Jons, Roy Kin singari yaqin o‘tmishdagi janjalkash yigitlar o‘rnini bugungi kunda “munosib” davomchilari egallab borishmoqda desak, adashmagan bo‘lamiz. Bugun transfermarktportali tomonidan berilgan ma’lumotlarga suyangan holda eng qo‘pol yigitlardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringa havola etamiz.
Darvozabon
Yens Leman — 7 ta qizil kartochka
“Arsenal”ning sobiq darvozaboni o‘zining qiziqqonligi va maydondagi noodatiy qarorlari bilan barchamizning yodimizda qolgan. U “Borussiya Dortmund” safidayoq qiziqqonligini barchaga isbotlab bo‘lgan edi. Aynan u bugungi kunda qadar Dortmund klubi tarixidagi eng ko‘p chetlatilgan darvozabon sanaladi.
Himoyachilar
Serxio Ramos — 26 ta qizil kartochka
Bugungi ro‘yxatimizdagi birorta futbolchi Serxio bilan kartochkalar borasida bahslasha olmaydi. “El-kapitano” La Liga tarixida eng ko‘p kartochka olgan futbolchi (187) ekanligidan xabaringiz bor. Chempionlar ligasi uchrashuvlarida ham unga teng keladigani yo‘q. Naqd 40 bor ogohlantirilishiga qaramay, aynan Ramos YECHL tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaladi.
Pepe — 12 ta qizil kartochka
Ajablanarlisi shundaki, Pepe o‘zining qo‘polligi bilan hujumchilarni doimo bosim ostida ushlab turganiga qaramay, atigi 12 bor qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan,xolos. Vaholanki, Pepe bir necha bor qo‘polligi uchun disklifikasiyaga uchragan.
Marko Materassi — 15 ta qizil kartochka
Marko Zidanni qizil kartochka olishga majbur qilish orqali futbol tarixida abadiy qolishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoadoshlari “Antifutbolchi” deb “erkalash”lariga o‘rganib ketgan himoyachi futbol olamida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan deyarli barcha sovrinlar egasi sanaladi.
Patris Evra — 15 ta qizil kartochka
Hayratlanarlisi shundaki, Evra o‘zining quvnoqligi bilan kiyinish xonasidagi kayfiyatni ta’minlab berishi orqali barchaga tanish. Shunday bo‘lsada, Evra Yevropa Ligasi uchrashuvi boshlanmay turib qizil kartochka olishga ulgurgan yagona futbolchi sanaladi. Uning o‘z muxlisiga oyoq bilan qanday zarba yo‘llagani haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi.
Yarim himoyachilar
Daniyele De Rossi — 15 ta qizil kartochka
“Roma” yetakchisi hakamlar bilan hech qachon til topisha olmaganini bir necha bor tan olgan. Uning aytishicha, u olgan barcha qizil kartochkalar haqqoniy. Shunday bo‘lsada, De Rossi 2006-yilda bo‘lib o‘tgan JCHda AQSHga qarshi uchrashuvda tirsagini ishga solgani uchun FIFA unga qolgan 4 ta o‘yinda ishtirok etish huquqidan mahrum qilgan edi.
Edgar Davids — 25 ta qizil kartochka
Lui van Gal uni bejizga “pitbull” deb atamagan. Gollandiyalik futbolchi doimo agressiv, tajovuzkor va juda qo‘pol futbol namoyish etishi bilan nom qozongan. Futbolchilik faoliyatini 39 yoshgacha davom ettirgan futbolchi birorta klubda zaxira futbolchisi bo‘lib qolmagani e’tiborga molik.
Franchesko Totti — 16 ta qizil kartochka
Bugungi ro‘yxatimizdagi uchinchi, biroq so‘nggi bo‘lmagan yana bir italiyalik futbolchi. Totti hech qachon kurashdan qochmaydigan kamsonli megayulduzlardan biri edi. 22 yillik faoliyatining birinchi yarmida futbolchi 12 bor ogohlantirilgan bo‘lsa, keyinchalik Totti ancha o‘zini bosib oldi va 10 yil davomida “atigi” 4 bor maydonni qolganlardan erta tark etdi.
Zayniddin Zidan — 14 ta qizil kartochka
Zidan faoliyatining eng so‘nggi uchrashuvida "hakaminggayam, stadioninggayam", dedida, qizil kartochka olgancha maydonni tark etdi. Bu voqea 2006 yilgi jahon chempionatining finalida (!) ro‘y berganini yoddan chiqarmagan bo‘lsangiz kerak?! Fransiyalik futbolchi ushbu ramziy jamoadan o‘rin olgan Materassining ko‘kragini bosh bilan aniq "mo‘ljal"ga olib, Markoni ag‘darganini bilasiz. Zidan ajoyib texnika va o‘yin namoyish qilgan qilganiga qaramay, 14 marta o‘z jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Ammo kartochkalar uning nufuziga zarracha soya solmagan.
Hujumchilar
Zlatan Ibrahimovich — 13 ta qizil kartochka
Zlatan maydonda ham barchadan hurmat talab qilishi sababli ko‘pincha ko‘ngilsiz holatlarga tushib qoladi. U “Bari” futbolchisining qorniga musht tushirishi, MLSda uni mensimagan futbolchini boshiga tushirishi mumkin. Qizil kartochka olsa nima bo‘libti? Axir u Ibra! U aynan mana shu xarakteri bilan muxlislar yoqimtoyiga aylanganku!
Mario Balotelli — 13 ta qizil kartochka
Abadiy janjalkash nominasiyasini 10 yildan beri hech kimga bermay kelayotgan futbolchini bu ro‘yxatga joylashtirmaslikning iloji yo‘q edi. Balotelli «Milan», «Inter», «Marsel», «Manchester Sit», «Nissa» va xatto Italiya terma jamoasida ham qizil kartochka olishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli futbolchilardan biri. Uning qizil kartochkalar sababli to‘lagan tovon puli 1 million funt sterlingdan ortib ketdi.
 

274   
Добавить комментарий
Ваше имя: *