Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston termasi sobiq murabbiyi futbol tarixidagi eng «omadsiz»lar qatoriga kiritildi

O‘zbekiston termasi sobiq murabbiyi futbol tarixidagi eng «omadsiz»lar qatoriga kiritildi

Автор: admin

"Marca" nashri futbol tarixidagi eng omadsiz futbolchilar va murabbiylar reytingini tuzib chiqdi. Bunda ularning xalqaro musobaqalar (klub va terma jamoa bilan)ning hal qiluvchi final o‘yinlaridagi mag‘lubiyatlari inobatga olingan.

Demak, «Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Xavyer Maskerano ushbu reytingda peshqadam sifatida e’tirof etildi. U faoliyati davomida ishtirok etgan finallarning 11tasida (5 marta terma jamoada, 6 marta klub safida) mag‘lubiyatga uchragan. Ammo Maskerano faoliyatida 20dan ortiq sovrin qo‘lga kiritganini ham ta’kidlash lozim.

Ikkinchi o‘rinni «Manchester Yunayted» klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Patris Evra egalladi. U Chempionlar ligasi finalida eng ko‘p yutqazgan o‘yinchi hisoblanadi — 4 marta. Shuningdek, u Yevro-2016 finalida Fransiya terma jamoasi safida Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan.

Uchinchi pog‘onani esa «Chelsi», «Real», «Bavariya» klublari va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aryen Robben band etdi. Futbolchi faoliyati davomida 6ta hal qiluvchi uchrashuvda (2 — YECHL, 3 — Yevropa superkubogi, 1 — JCH-2010) mag‘lub bo‘lgan.

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper muvaffaqiyatsizlik borasida reytingning 5-pog‘onasini band etdi. U "Valensiya" bilan Yevropa chempionlar ligasi finaliga 2 marta yetib borib, ikkalasida ham mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, uning hisobida Kubok egalari kubogi hamda Afrika millatlar kubogi musobaqalarida 1 martadan mag‘lubiyat mavjud.

"Omadsizlar" reytingi quyidagicha (top-10):

1. Xavyer Maskerano. 11ta finalda yutqazgan.
2. Patris Evra. 5ta finalda yutqazgan.
3. Aryen Robben. 6ta finalda yutqazgan.
4. Mixael Ballak. 6ta finalda yutqazgan.
5. Ektor Kuper. Murabbiy 6ta finalda yutqazgan, jumladan, YECHL finalida — 2 marta, Kubok egalari kubogi finalida 1 marta.
6. Alessandro Del Pyero. 4 marta finalda yutqazgan.
7. Lotar Matteus. 4 marta finalda yutqazgan.
8. Gonsalo Iguain. 3 marta finalda yutqazgan.
9. Janluidji Buffon. 3 marta finalda yutqazgan.
10. Antoni de Avila. 2 marta finalda yutqazgan.
Manba: sport24.ru

180   
Добавить комментарий
Ваше имя: *