Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Virjil Van Deyk barchani qiziqtirgan savollarga javob berdi

Virjil Van Deyk barchani qiziqtirgan savollarga javob berdi

Автор: admin

Hozirgi kunda futbolchi murabbiylar tomonidan Google gadjeti tomonidan eng ko‘p kelib tushgan savollarga javob berish urfga kirib bormoqda. Bugungi qahramonimiz Virjil Van Deyk ham ushbu savollarga javob berishiga to‘g‘ri keldi.
Virjil Van Deykning akasi yoki ukasi bormi?
- Albatta, bor. Ukam mendan ikki yosh kichik. Shunga qaramay, mendan ancha katta ko‘rinadi.
U ham futbolchimi?
- Avval futbolchi bo‘lgan. Darvozabon edi. Men doimmo uning darvozasiga gol urishga intilar edim. Ayni damda u qo‘riqlash hizmatida faoliyat olib bormoqda.
Virjil chapaqaymi?
- Afsuski yo‘q. Chap oyog‘im shunchaki yugurish uchun mo‘ljallanga.
Virjil Van Deykda tatiurofka bormi?
- Chap qo‘limning deyarli barcha qismi «tatu» bilan qoplangan. Asosan uzun futbolka kiyganim uchun uni payqash juda qiyin.
Virjilning vazni necha kilogramni tashkil etadi?
- Ochig‘i taroziga chiqsam, og‘ir tosh bosaman. Hozirgi kunda 95-96 kilogram vaznga egaman.
Agarda bokschi bo‘lganingda og‘ir vaznda jang olib borarmiding?
- Bo‘lmasamchi, ulkan amakilar bilan ringga ko‘tarilgan bo‘lar edim. Katta ehtimol bilan birinchi raunddayoq nakautga uchrashim aniq.
Menimcha bo‘yingning balandligi Entoni Joshua bilan teng?
- Bizning bo‘yimiz teng bo‘lsa ham u mendan ancha og‘iroq ekanligiga aminman. Shunday bo‘lsada, u meni jangga chorlasa, «nasibasini» olishi aniq (kuladi).
Virjil o‘zini tezkor futbolchi deb hisoblaydimi?
- To‘g‘risi o‘zimni tezligi past futbolchi deb hisoblamayman.
Virjil qayerda istiqomat qiladi?
- Bu borada aniq javob bera olmayman deb qo‘rqaman. Shunday bo‘lsada, «Liverpul»ning mashg‘ulotlar bazasiga yaqin joyda oilam bilan yashashimni yashirib o‘tirmayman.
Virjil nega jariba zarbalarini amalga oshirmaydi?
- Juda o‘rinli savol bo‘ldi (kuladi). Bu borada tez-tez mashg‘ulot o‘tkazib turaman, biroq bizda zarbalarni Trendga ishonib topshirishgan. Hozircha, zarbalar borasida mashg‘ulotlarni amalga oshirishni kanda qilmayapman. Qachonlardir menga bu ma’suliyatli ishni amalga oshirishga imkoniyat berishadi degan umiddaman. Shunday bo‘lsada, hozircha bizda Trend bor. Uning maydonda yo‘qligida urunib ko‘rishni dilimga tugib yuribman.
Seni hujum chizig‘ida to‘p surishing mumkinmi? Axir jismoniy imkoniyatlarining bunga to‘liq javob beradiku?!
- O‘ylashimcha hujumdan ko‘ra himoyada ko‘proq foydam tegsa kerak.
Virjil «oltin to‘p»ga loyiqmi?
- Buni mendan so‘ramasligingiz kerak. Zamonaviy futbolda ko‘plab ajoyib futbolchilar mavjud. Menimcha bu sovringa loyiq yoki loyiq emasligim haqida savolga boshqalar javob bergani mantiqqan to‘g‘riroq bo‘ladi.
Manba: Голос Футбола

278   
Добавить комментарий
Ваше имя: *