Goal24.uz » Jahon » Ramosdan Balotelligacha. Zamonaviy futbolning eng ko‘p qizil kartochka olgan futbolchilari ramziy terma jamoasi

Ramosdan Balotelligacha. Zamonaviy futbolning eng ko‘p qizil kartochka olgan futbolchilari ramziy terma jamoasi

Автор: admin

Bir vaqtlar futbolchilar hozirgidek itoatkor va bo‘ysunuvchi bo‘lmagan. O‘sha paytlarda nisbatan qahri qattiqroq, qo‘pol va xarizmatik o‘yinchilar maydonda ko‘pchilikni tashkil etardi. Roy Kin va Vinni Jons kabi tajovuzkor o‘yinchilar davri ortda qoldi. Biroq futbolda ham barcha sohalarda bo‘lgani kabi istisnolar ham uchrab turibdi.
Transfermarkt statistikalaridan foydalangan holda, faoliyati davomida eng ko‘p qizil kartochka olgan o‘yinchilarning ramziy terma jamoasi tuzildi. Ramziy jamoa vakillarining umumiy hisobdagi qizil kartochkalar soni 168 tani tashkil qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabon

Yens Lemann – 7 ta qizil

Foto: Daily Mail
“Arsenal”ning sobiq darvozaboni Lemann ba’zan o‘zining qo‘pol harakatlari bilan ajralib turardi. Lemann Dortmundning “Borussiya”sida o‘ynagan davrlaridayoq “yomon bola” sifatida shuhrat qozongan. U qizil kartochkalar soni bo‘yicha darvozabonlar orasida Bundesliga rekordchisi hisoblanadi.

Himoyachilar

Serxio Ramos – 26 ta qizil

Foto: UEFA
Ramos futbolda hamon qo‘pol o‘yinchilar borligiga isbot bo‘la oladi. Ochig‘ini aytganda, uning bu ro‘yxatga kiritilishi hech kimni ajablantirmasa kerak. Ko‘pchilik Ramos nafaqaga chiqquniga qadar qizil rangdagi kartochkalari sonini 30 taga yetkazib olishiga ishonmoqda. U 187 ta ogohlantirish bilan La Liga rekordchisi hisoblanadi. Shuningdek, Ramos Chempionlar Ligasida ham 40 ta ogohlantirishni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan.
Pepe — 12 ta qizil

Foto: AP Photo
Ajablanarlisi, Pepe atigi 12 martagina maydondan chetlatilgan ekan. Raqiblarni yiqitish va hakamlarni haqorat qilishning ishqibozi bo‘lgan portugaliyalik futbolchining tashlanishlaridan hatto uning jamoadoshlari ham hayiqib turadi.
Marko Materatssi – 15 ta qizil

Foto: Getty Images
Zidan 2006-yilgi Jahon Chempionati finalida aynan Marko Materatssiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgandi. Ammo Materatssining o‘zi ham “podkat”lari va tirsak zarbalari bilan Zidandan qolishmagan. Uni hatto antifutbolchi deb ham atashardi, biroq unga bularning umuman qizig‘i bo‘lmagan.
Patris Evra — 12 ta qizil

Foto: Getty Images
Xushchaqchaqligi va ijtimoiy tarmoqlardagi hazillari bilan tanilgan Patris Evra bir vaqtlar maydondagi qo‘pol harakatlari bilan ham ancha mashhur bo‘lgan. U umumiy hisobda 12 ta qizilga munosib ko‘rilgan. Ammo bundan hayratlanishning hojati yo‘q, chunki gap o‘z muxlislaridan birining boshiga tushirgan odam haqida ketmoqda. U hatto Yevropa Ligasida o‘yin boshlanmasidan avval qizil kartochka olgan yagona futbolchi sifatida tarixga kirgan.

Yarim himoyachilar

Daniele de Rossi — 15 ta qizil

Foto: AP Photo
De Rossining o‘zi hakamlar bilan yaxshi chiqishmasligi va olgan qizillari haqqoniy ekanini tan olgandi. Uning eng mashhur qo‘polligi 2006-yilgi mundialda (Italiya safida) AQSh terma jamoasiga qarshi o‘yinda raqib futbolchisini tirsagi bilan urganidir. Shundan so‘ng FIFA de Rossiga navbatdagi to‘rtta o‘yinda ishtirok etishni taqiqlab qo‘ygandi.
Edgar Davids — 25 ta qizil

Foto: “Yuventus”
Lui van Gal Davidsni “Pitbull” deb chaqirishi bejiz emas. Uning muttasil tajovuzkorligi, qattiqqo‘lligi va zo‘ravonligi boshqalardan ajralib turardi. 25 ta qizil rangli kartochka buning isboti bo‘la oladi. O‘z vaqtida Davids sakkiz o‘yinda uch marotaba maydondan chetlatilgan.
Zinedin Zidan– 14 ta qizil

Foto: Getty Images
Zidanning so‘nggi uchrashuvi 2006-yilgi Jahon Chempionati finali bo‘lgan, o‘sha o‘yinda Materatssiga “kalla” qo‘ygani uchun maydondan chetlatilgandi. Zidan dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriligiga, yuqori texnikasi va zarbalarining aniqligiga qaramay, tez-tez qo‘pollik qilib turardi. Biroq bu uning obro‘yiga zarracha ta’sir qilmagan.
Franchesko Totti — 16 ta qizil

Foto: Getty Images
Ro‘yxatdagi uchinchi italiyalik futbolchi Totti yuqori darajali o‘yinchi bo‘lgan va hech qachon kurashlardan qochmagan. U 22 yillik faoliyati davomida 16 ta qizil kartochka ishlab oldi. “Rim qiroli” ham qahramon, ham yovuz edi. Aynan shuning uchun ham uni Italiya poytaxtida sevishgan.

Hujumchilar

Zlatan Ibragimovich — 13 ta qizil

Foto: Getty Images
Zlatan oldingi chiziqda harakat qilishiga qaramay, faoliyati davomida 13 marta maydondan chiqarib yuborilgan. Zlatan tili biyronligi va raqibga qarata to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llagan zarbalari uchun ko‘pchilikning g‘azabiga duchor bo‘lgani hech kimga sir emas. Zlatanning MLS chempionatida raqibining boshiga qay tarzda urgani hamon ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak.
Mario Balotelli — 13 ta qizil

Foto: Getty Images
“Super Mario” nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham o‘ziga xos janjallari bilan muxlislar yodida qolgan. U “Milan”, “Inter”, “Marsel”, “Manchester Siti” va “Nitssa” klublarida qizil kartochkalar olgan. Hatto uning “Liverpul” bilan shartnomasida xulq-atvor to‘g‘risida band bo‘lgan. Agar Balotelli bir mavsum davomida uchtadan ko‘p qizil kartochka olmasa, unga qo‘shimcha bir million funt taqdim etilardi.
299   
Добавить комментарий
Ваше имя: *