Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Azmunni "Napoli"ga o‘tmasligini maslahat berishmoqda

Azmunni "Napoli"ga o‘tmasligini maslahat berishmoqda

Автор: admin

Rossiyalik jurnalist va sharhlovchi Gennadiy Orlov "Zenit" klubining eronlik hujumchisi Sardor Azmunni "Napoli" klubiga o‘tmasligini maslahat berdi.
"Azmunni "Napoli" klubiga o‘tmasligini maslahat beraman. Neapol - sanitariya qoidalariga amal qilinmaydigan shahar. Klub xo‘jayini De Laurentis – juda badavlat inson va Neapolning norasmiy qiroli. Agar diqqat bilan ahamiyat bersangiz, klubning ichki muhiti juda g‘alati, ko‘plab futbolchilar ketishni xohlamoqda", – dedi Orlov "Zenit" radiosining jonli efirida.
Avvalroq, "Zenit" o‘z hujumchisining narxini 40 million yevro miqdorida baholagandi. Azmunga "Sevilya" va "Atletiko" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *