Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Keyndan Koutinyogacha. Keyndan Koutinyogacha. Ushbu yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli 6 transferUshbu yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli 6 transfer

Keyndan Koutinyogacha. Keyndan Koutinyogacha. Ushbu yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli 6 transferUshbu yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli 6 transfer

Автор: admin

Dunyodagi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli ayni paytda barcha sport turlari, xususan, futbol musobaqalari ham noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan. Klublar esa yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda o‘z tarkiblarini kuchaytirish ustida bosh qotirmoqda. U yoki bu futbolchining bir klubdan ikkinchisiga o‘tishi mumkinligi to‘g‘risidagi mish-mishlarning keti uzilgani yo‘q. Quyida chindan ham boshqa jamoaga o‘tish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Pyer-Emerik Obameyang  – “Real”

Foto: Getty Images
Obameyang Premyer Liganing joriy mavsumida 17 ta gol urdi va bu bilan o‘zining yuqori darajali hujumchilaridan biri ekanini yana bir bor isbotlab qo‘ydi. Uning London klubi bilan shartnomasi tugashiga hali bir yil bor. Aksariyat mutaxassislar London klubining haftasiga 200 ming funt oladigan gabonlik futbolchini saqlab qola olishiga shubha bilan qaramoqda. “To‘pchilar” o‘z futbolchilari maoshlarini qisqartirishga urinayotgan bir paytda Obameyangga “Real”dan ko‘proq maosh taklif etishi amri mahol.
Ispaniyaning Sport nashrida ta’kidlashicha, Madrid klubi Obameyangning transferiga jiddiy qiziqish bildirgan va hujum chizig‘idagi muammoni bartaraf etishda aynan gabonlik futbolchidan foydalanishni maqsad qilgan. Biroq “Arsenal“ muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti, ular moliyaviy imkoniyatlarning yaxshilanishidan umid qilgan holda futbolchisini imkon qadar qimmatroqqa sotmoqchi.
Timo Verner – “Liverpul”

Foto: Getty Images
Timo Vernerning transferi atrofidagi gap-so‘zlar ancha vaqtdan beri mish-mishdan nariga o‘tmayapti. Hatto ko‘pchilik tomonidan uning qaysi klubga o‘tishi muqarrar ekani ham ta’kidlandi.
Nemis manbalarining yozishicha, Verner mavsum so‘ngida “Leypsig”ni tark etadi va “Liverpul”ga borib qo‘shiladi. Bunda klub mavqeyi va o‘ziga kerakli bo‘lgan futbolchilar uchun qanday kurashishni biladigan Yurgen Kloppning muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligi aytilmoqda. Vernerning jadallik bilan ingliz tilini o‘rganayotgani ham bunga misol bo‘la oladi. U o‘zini Premyer Ligada sinab ko‘rmoqchi.
Biroq “Liverpul” uchun hammasi ham unchalik oson kechmasligi mumkin, “Barselona” ham germaniyalik futbolchini sotib olishga bel bog‘lagan va uning vakillari bilan uchrashishga ham ulgurgan.
Ngolo Kante – “Barselona”, Filippe Koutinyo – “Chelsi”

Foto: FOX Sports
Ispaniyaning obro‘li nashrlaridan biri Mundo Deportivo “Chelsi” va “Barselona” o‘rtasidagi ehtimoliy almashinuvni e’lon qildi. Ispaniyalik mutaxassislarning fikricha, “Barsa” haqiqatan ham kuchli va tezkor yarim himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.
Katalon klubi hozirgi kunga moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgan. Klub rahbariyati Koutinyo uchun behuda sarflangan 142 million funtni qaytarishning imkoni yo‘qligini yaxshi tushunadi, shu bois qay yo‘l bilan bo‘lsa-da vaziyatdan chiqib ketish kerak. Hozirda braziliyalik futbolchini boshqa klubga ijaraga berib yuborib, uning o‘rniga Kante singari kuchliroq futbolchini olib kelish rejalashtirilmoqda.
Ushbu transferdagi asosiy mantiqsizlik — Kantening “Barselona” o‘yiniga mos tushmasligi va uning pozitsiyasida Buskets va Frenki de Yong kabi o‘z ishining ustalari borligidadir.
Londonliklarning ham Koutinyoga ehtiyoj sezayotganiga ishonchi komil emas, garchi futbolchi bundan faqat xursand bo‘lsa-da.
Harri Keyn – “Manchester Yunayted”

Foto: Getty Images
Ingliz nashrlarida Keynning tovon puli 200 million funt sterlingga baholanmoqda va u “Old Trafford”ga o‘tishdan faqat xursand bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Biroq bu kelishuvning muqarrar ekanini anglatmaydi. Mankunianliklarni birinchi navbatda yosh Jeydon Sancho va Jek Grilish qiziqtiradi. Bundan tashqari, klub uchala futbolchi uchun mablag‘ topa olmasligi ham mumkin. Buning ustiga “Tottenhem” rahbariyati agar chindan ham asosiy yulduzini sotadigan bo‘lsa, buni faqat chet el klublariga amalga oshirmoqchi.
Manbalar esa Keynning “Manchester”ga o‘tishni istayotganiga ishontirmoqda. Transferning 2021-yilda amalga oshish ehtimoli ham yo‘q emas.
Lautaro Martines – “Manchester Siti”

Foto: Twitter
Angliyaning eng og‘ir “vazn”li nashrlaridan sanalmish The Sun’ning yozishicha, “Man Siti” birinchilardan bo‘lib Martinesning tovon pulini (97, 5 million funt sterling) to‘lashga rozilik bergan va aynan u Serxio Agueroning o‘rnini bosishiga ishonmoqda.
Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda ham Aguero hamda Gabriyel Jesuz “Siti”ning asosiy hujumchilari bo‘lib qolaveradi. Lautaro Martinesning esa “Barselona”da Antuan Grizmanning o‘rnini egallashi haqiqatga yaqinroq bo‘lib turibdi.
223   
Добавить комментарий
Ваше имя: *