Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Transfer sharti shunday, vaqtni orqaga qaytarib bo'lmaydi

Transfer sharti shunday, vaqtni orqaga qaytarib bo'lmaydi

Автор: admin

Transferlar borasida avvaldan kelishib qo'yish anchadan buyon "moda" bo'lib ulgurdi. Bazi klublar yosh iqtidorlarni sotib olib, klubida bir-ikki mavsumga qoldiradilar, boshqalari esa futbolchini sotib olish huquqi bilan (aniq summani ko'rsatgan holda) ijaraga oladilar. Bu kabi rasmiy imzolangan kelishuvlarda umumiy bir fakt mavjud - aniq ko'rsatilgan summa bo'ladi. Hozirga kelib futbol klublari koronavirus pandemiyasi sabab iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishdi. Klublar ulkan zarar ichida qolib, futbolchi va murabbiylar bilan oylik maoshini qisqartirish borasida kelishmoqda. Hozir uncha-muncha klub uchun 100 ming dollar ham ortiqcha bo'lmaydigan vaziyatda, bazi jamoalarni yaxshigina bosh og'rig'i kutib turibdi. Gap yozda bo'lishi kelishib qo'yilgan transferlar haqida bormoqda. Sababi xaridor yangi futbolchi uchun to'lashi kerak bo'lgan summa aniq belgilab qo'yilgan. Bu oy Transfermarkt pandemiya tufayli futbolchilarning yangilangan transfer narxini elon qildi. 
Etiboringizga yozda klubini almashtirishi aniq bo'lib ulgurgan va narxi sezilarli ravishda pasaygan futbolchilarni taqdim etamiz.

Alvaro Morata ("CHelsi" — "Atletiko")
Yangi klubga transfer summasi
: 56 mln evro
Bugungi narxi: 36 mln evro
"CHelsi"ning ispaniyalik hujumchisi Alvaro Morata 2019 yil yanvar oyida "Atletiko"ga ijaraga yarim yiliga 7 mln evro evaziga ko'chib o'tgandi. Madrid klubi ijara muddati yakuniga etgach, 56 mln evroga futbolchi transfer huquqini sotib olishi belgilab qo'yilgan. Morata yangi jamoada o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi: 17 uchrashuvda 6ta gol urdi va 1ta golli uzatma berdi.
"Men "CHelsi"da futboldan zavq ola olmayotgandim, ammo endi hammasi iziga tushdi. "CHelsi"dagilar, jamoadoshlarim — o'zimga bo'lgan ishonchim yo'qolishi uchun astoydil harakat qilishdi. Angliyada maydonga tushar ekanman, har bir qulay vaziyatni qo'ldan chiqarganimda jamoadoshlarim huddi sen imkoniyatdan foydalanishga harakat qilmading deb qarayotgandek tuyulardi".
"Atletiko"da Morataga unday qarashmadi va shu sabab 2019 yilning iyul oyida London klubi rasmiy saytida tomonlar hujumchi transferi borasida to'liq kelishuvga erishganligini malum qilishdi. Alvaro 2020 yil 1 iyul kuni to'laqonli "matraschi" bo'lishi kerak edi. Koronavirus tufayli ushbu transfer keyinroq amalga oshadi chog'i, ammo uning narxi o'zgarmagan - 56 mln evro. "CHelsi" uchun bu kelishuvni muvaffaqiyatli desak, mubolag'a bo'lmaydi. CHunki hozir Alvaroning transfer narxi belgilangan summadan 20 mlnga kamroq.

O'tgan mavsum Morata "Atletiko" safida 32 uchrashuvda maydonga tushdi va 12ta gol urdi.
Alvaro jamoaning asosiy hujumchisi bo'lib turibdi. Kim bilsin, balki Kavani kelgach vaziyat o'zgarar?! Edinson qishki transfer oynasi davrida Ispaniya poytaxtiga ko'chib o'tishi kerak edi, lekin rahbariyat futbolchi oilasi bilan oxirgacha kelisha olmadi. Katta ehtimol bilan, bo'lajak transfer oynasida Kavani "indeyslar" tarkibini to'ldiradi.

Fransisku Trinkan ("Braga" — "Barselona")
Yangi klubga transfer summasi: 
31 mln evro
Bugungi narxi: 
16 mln evro
Qishda "Barselona" "Braga"ning yosh futbolchisi Trinkanni 31 mln evroga sotib olganligini elon qildi. Portugaliyalik futbolchi bilan kelishuv 2025 yilgacha mo'ljallangan. "Yangi Ronaldu"ning tovon puli 500 mln evro. Ushbu transfer portugaliya klubi uchun rekord natija sifatida qayd etildi.
Kataloniyaliklar Trinkanni mavsum oxiriga qadar "Braga"da qoldirishdi. Futbolchi 2020 yil 1 iyul kuni "Barsa" safiga kelib qo'shilishi kerak edi. 
"Oilam Messi bilan bir jamoada to'p tepa olishimdan faxrlanishadi", — degandi Trinkan.
Fransisku Trinkan endigina 20 yoshda. Faoliyatini "Vianense" va "Portu" yoshlar jamoalarida boshlagan, keyinchalik "Braga"ga o'tgan. Portugaliyalik yoshlar jamoasi safida muntazam maydonga tushardi. 2018 yilning 28 dekabrida esa asosiy jamoa safida mamlakat Kubogi doirasida "Vitoriya"ga qarshi o'yinda debyut uchrashuvini o'tkazdi. O'shandan buyon Trinkan "Braga" safida 31 bellashuvda maydonga tushdi va 6ta gol urdi. Bu mavsum jamoasining asosiy futbolchisiga aylana oldi. "Barselona" chinakamiga iqtidorli futbolchini qo'lga kiritgan ko'rinadi.

Fransisku Portugaliyaning turli yoshdagi terma jamoalari safida maydonga tushgan. Hozirda U-21 terma jamoasi vakili hisoblanadi. Portugaliya U-19 safida Evropa chempionati g'olibi bo'lish bilan birga, Trinkan musobaqaning eng yaxshi to'purari va eng yaxshi assistenti bo'lishga erishdi.
CHapaqay iqtidor sohibi o'ng qanot vingeri bo'lsa ham, hujumning istalgan nuqtasida o'ynay oladi. Tezligi yaxshi, texnik jihatdan kuchli va maydonni ko'ra olish qobiliyatiga ega. Hozir u kimni tarkibdan chiqarib yubora oladi? Qiyin savol. Futbolchi hali ko'p narsani isbotlashi kerak. Asosiysi "Barselona" yaxshigina summaga xarid qilgan boshqa bir iqtidorli futbolchi yo'lini takrorlamasa bo'lgani... Malkom transferini muxlislar hali esdan chiqarishmagan bo'lsa ajab emas.

Pedrino ("Korintians" — "Benfika")
Yangli klubga transfer summasi: 20 mln evro
Bugungi narxi: 13,5 mln evro
2020 yil 11 mart kuni "Benfika" o'zining rasmiy saytida "Korintians"dan yosh braziliyalik Pedrinoni sotib olgani haqida malum qildi. Bu transfer uchun "burgutlar" 20 mln evro sarflashlariga to'g'ri keladi. SHartnoma 2025 yilgacha amal qiladi va tovon puli 120 mln evro etib belgilangan.
"Bu men uchun juda muhim imkoniyat. Oldinga tashlangan qadam. Iqtidorimni ko'rsatish imkoniyati — hammasidan ham ko'proq istaganim. Meni iliq kutib olishdi. "Benfika" katta klub ekanligi bilan bu erda ajoyib insonlar faoliyat olib boradi".

Pedrinoni shuningdek "Real", "Barselona" va "Borussiya" Dortmund vakillari kuzatishganini takidlash lozim. Aytishlariga qaraganda, bundan ikki yil avval germaniyaliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishishgan, lekin klub bilan murosa qilisholmagan ekan. Pedrino intervyularidan birida ikki yil oldin Xitoydan taklif bo'lgani, lekin o'ylab ham o'tirmay rad etganini aytib o'tgan.
"Bu albatta yoqimli, lekin agentim Xitoydan taklif borligi haqida aytishi bilan meni qiziqtirmasligini aytgandim", — deydi futbolchi.
Pedrino San-Pauluga 15 yoshida keladi. O'shanda u faqatgina "Vitoriya" akademiyasida ikki yil tajriba orttirgani bilan maqtana olardi. O'shandan buyon futbolchi "Korintians"ning turli yoshdagi jamoalaridan o'tdi.
Uning baxtiga klubning barcha jamoalari bir xil o'yin uslubida harakat qilardi. Bu yosh futbolchi kattaroq jamoaga o'tishida va tezda o'zini ko'rsata olishida muhim omil hisoblanadi. Pedrino haqida ilk bor Braziliyada 2017 yil gaplar tarqala boshladi. O'shanda futbolchi mahalliy musobaqa "Kopinya"ning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'rilgandi. O'shandan buyon Pedrinoni boshqa jamoalar ilib ketishga urindi, ammo u "Korintians"ga sodiq qoldi. Natijada, 22 yoshida u klubi bilan Braziliya chempioni va uch marta shtat chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.
O'tgan mavsumda Pedrino 25 o'yinda ishtirok etdi va 5ta gol urdi. 2020 yilda klubining to'rtta o'yinida maydonga tushdi. Samarali harakatlari bilan etirof etilmagan bo'lsa-da, Libertadores Kubogi doirasidagi uchrashuvning 29-daqiqasidayoq qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Roberto Ingleze ("Napoli" — "Parma")
Yangi klubga transfer summasi: 
18 mln evro
Bugungi narxi: 
12 mln evro
Roberto Ingleze transfer huquqi "Napoli"ga tegishli bo'lsa-da, Neapol jamoasi safida biror marta ham maydonga tushmaydigan ko'rinadi. Aurelio De Laurentis jamoasi Inglezeni "Kevo"dan 2017 yil 12 mln evroga sotib olgandi va bir yilga jamoasida qoldirgan. Keyingi mavsumda Roberto "Parma"ga o'tdi. Ikki yil ijaradan "Napoli" 5 mln evro ishlab olishga ulgurdi, qo'shimchasiga shartnomada yana 18 mln evroga sotib olish majburiyati ham belgilab qo'yilgandi.

"Parma" safida futbolchi 36 o'yin o'tkazdi va 11ta gol urdi. Italiyalikning muammosi — jarohatlar. Ingleze ikki yildan sal ko'proq vaqtning 6 oyida jarohat sabab maydondan tashqarida qoldi. Ingleze 28 yoshda, jamoada esa hujumchilar etarli. 
Hozir ko'plab klublarga oson bo'lmaydi. Inglezeni 18 mlnga sotib olishdan tashqari, "Parma" "Inter"dan Yann Karamoni 8 mln evroga sotib olishi kerak. "Parma"ni biroz bo'lsa-da xursand qiladigan fakt: futbolchi va murabbiylar bir oylik maoshlaridan voz kechganlaridir.
"Jamoa xodimlar va klub vakillariga minnatdorchilik bildiradi. Bunday qiyin pallalarda birdamlikni yo'qotmaslik juda muhim", — deb yozadi klub matbuot xizmati.

Andrea Pinamonti ("Inter" — "Jenoa")
Yangi klubga transfer summasi: 
18 mln evro
Bugungi narxi
: 13,5 mln evro
Eng g'alati kelishuvlardan biri. O'tgan yoz Milanning "Inter" klubi futbolchisi Andrea Pinamonti ijara asosida "Jenoa"ga yo'l oldi. Genuyaliklar mavsum yakuniga ko'ra futbolchini 18 mln evro evaziga sotib olishlari kerak edi. Nimasi g'alati deysizmi? O'tgan mavsum davomida Pinamonti jamoaning 22 o'yinida maydonga tushdi va bor yo'g'i 4 ta gol urdi. Jamoada yosh hujumchidan bundan ko'prog'ini kutishgani turgan gap.
Andrea Italiya termasi va "Inter"ning barcha yoshdagi jamoalaridan o'tgan. 2016 yil 8 dekabr kuni esa "Spartak"ga qarshi Evropa Ligasi o'yinida asosiy jamoa tarkibida ilk bor maydonga tushdi. 2017 yil yanvar oyi Britaniyaning The Guardian nashri Pinamontini Italiyaning 50ta eng umidli futbolchisi safiga kiritgandi.

Futbolchi ayniqsa dribling va bosh bilan o'ynashda o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oladi. SHuningdek, u muhim pallalarda tez qaror chiqara oladi va maydonni yaxshi ko'radi. Lekin murabbiy Pinamontini go'yoki sezmasdi...
"Maydonga tushmaganim sabab vaqtni bekor o'tkazayotganimni aytishardi, – eslaydi Pinamonti. – Lekin bu noto'g'ri. Men professionallar bilan shug'ullandim va bu menga katta yordam berdi. Ayniqsa, Mauro Ikardi bilan birga shug'ullanish va u bergan maslahatlar menga as qotishi aniq. Biz do'st bo'lib qolgandik. Avval mening kumirim Zlatan Ibragimovich edi, lekin endi men Ikardidan o'rnak olishimni aniq ayta olaman".
Natijada 2018 yil Andrea "Fronzione"ga ijaraga berib yuborilgandi. Bir yil davomida Pinamonti 27 o'yinda maydonga tushdi va 5ta gol urdi. Biroq jonajon klubida unga baribir joy topilmadi. SHu sababli, futbolchi "Jenoa"ga o'tishga rozi bo'ldi. Yangi jamoasida start omadli chiqmagan bo'lsa-da, bu yigit hali o'zini eslatib qo'yadi. Nega deysizmi?! Futbolchining agenti o'sha mashhur Mino Rayola. Uning mijozlari odatda "soyada" qolib ketmaydi.

439   
Добавить комментарий
Ваше имя: *