Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL qachondan davom etishi mumkinligi ma’lum qilindi

APL qachondan davom etishi mumkinligi ma’lum qilindi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasining ehtimoliy davom ettirilish sanasi ma’lum qilindi, deya yozmoqda The Telegraph nashri.
Manbaning yozishicha, APL rahbariyati uzoq tanaffusdan keyin chempionatning davom ettirish sanasini 8 iyun kuniga mo‘ljallamoqda. Liga mutasaddilari yaqin kunlarda ushbu variantni klublar bilan muhokama qiladi. Shunga qaramay, klublar rasmiy o‘yinlardan uch hafta oldin – 18 may kunidan mashg‘ulotlarga kirishishlari rejalashtirilgan. 
Oldinroq, aksariyat klublar mashg‘ulotlar may oyidan boshlansa, futbolchilarning koronavirus yuqtirib olishdan xavfsirayotganliklari haqida xabarlar chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, hozirgacha APLda 29 tur o‘tkazilib, «Liverpul» eng yaqin ta’qibchisi «Manchester Siti»ni 25 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.


144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *