Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Kulusevski «Yuventus»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Kulusevski «Yuventus»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Автор: admin

«Atalanta»ning hujumkor yarimhimoyachisi Deyan Kulusevski «Yuventus»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda Turin superklubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Klub shvetsiyalik futbolchining transferini rasman e’lon qilgani yo‘q, ammo tibbiy ko‘rikdan o‘tgani haqida suratlarni e’lon qildi. Transfer huquqi «Atalanta»ga tegishli bo‘lgan Kulusevski mavsumning birinchi qismini «Parma»da o‘tkazdi.
Avvalroq Italiya nashrlari «Atalanta» 19 yoshli Kulusevski uchun 35 million yevro so‘rayotgani haqida yozgandi. Ushbu futbolchi «Yuventus» bilan shartnoma imzolaganidan keyin ham «Parma»da ijra asosida o‘ynashda davom etishi mumkin.

272   
Добавить комментарий
Ваше имя: *