Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLning qolgan o‘yinlariga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan 8 stadion aniqlandi - «Liverpul» va «Chelsi» o‘yingohi ro‘yxatdan olib tashlandi

APLning qolgan o‘yinlariga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan 8 stadion aniqlandi - «Liverpul» va «Chelsi» o‘yingohi ro‘yxatdan olib tashlandi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi joriy mavsumining qolgan 92ta uchrashuvini qabul qilishi mumkin bo‘lgan stadionlar aniqlandi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
«2 may kuni Premer-liganing 20 klubi rahbarlari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazilib, koronavirus pandemiyasi sharoitida chempionat uchrashuvlarini qanday davom ettirish borasidagi takliflar muhokama qilindi. 3,5 soatdan ortiq vaqt davom etgan onlayn-yig‘ilishda APL rahbariyati tomonidan uchrashuvlar faqatgina neytral stadionlarda o‘tkazilishi haqida e’lon qilindi. Buning uchun 8ta stadion tanlanayotgani aytildi», - deya yoziladi manbada.
Qayd etilishicha, Premer-liga komissiyasi yig‘ilish boshidayoq aholi zich bo‘lgan hududlarda joylashgan «Liverpul» stadioni sanalmish «Enfild» va «Chelsi» klubi uy arenasi bo‘lmish «Stemford Brij» variantlarini olib tashlagan. «Uembli» va «Sent-Jeyms Park» o‘yingohlari esa nomzod stadionlar qatoriga kiritilmagan.
Videokonferensiyada APLning qolgan turlariga mezbonlik qiladigan stadionlar sifatida quyidagilar tanlagan: «Ameks» («Brayton»), «Sent-Meri» («Sauthempton») (janubiy sohil bo‘yida), «London stadioni» («Vest Hem»), «Emireyts» («Arsenal») (poytaxtda), «King Pauer» («Lester»), «Villa Park» («Aston Villa») (Midlendsda), «Old Trafford» («Manchester Yunayted»), «Etihad» («Manchester Siti») shimoliy-g‘arbiy qarorgoh sifatida.

 
Qayd etish joiz, mavsum davom etishining yangi formatiga ko‘ra, hech bir klub o‘zining uy stadionida o‘yin o‘tkaza olmaydi. Bu bilan muxlislar to‘planishi va sport prinsipi buzilishi oldi olinadi.


110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *