Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Jon Terridan Ronaldugacha. Joze Mourinyo qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

Jon Terridan Ronaldugacha. Joze Mourinyo qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

Автор: admin

Transfermarkt portali “Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Foto: Transfermarkt
Mazkur terma jamoadan Mourinyoning asosan “Real” va “Chelsi”dagi sobiq shogirdlari o‘rin oldi. Ularning ba’zilari Joze bilan bir nechta klubda birga ishlagan.
Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi Rikardu Karvalyu bo‘ldi. Himoyachi dastlab “Portu”da keyinchalik esa “Chelsi” va “Real”da vatandoshi qo‘l ostida to‘p surgan hamda ularda jami 281 o‘yin o‘tkazgan.
Ramziy terma jamoa bilan tanishing:
Darvozabon: Petr Chex (195 o‘yin);
Himoyachilar: Paulu Ferreyra (207), Jon Terri (266), Rikardu Karvalyu (281), Serxio Ramos (137);
Yarim himoyachilar: Nemanya Matich (159), Xabi Alonso (151), Frenk Lempard (215);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (164), Mesut O‘zil (157), Didye Drogba (186).
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo murabbiylik faoliyati mobaynida “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real” va “Manchester Yunayted” kabi klublarni boshqargan. Hozirda mutaxassis “Tottenhem” ustozi hisoblanadi.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *