Goal24.uz » Jahon » Kim kuchli: Maradona yoki Messi? Venger javob berdi

Kim kuchli: Maradona yoki Messi? Venger javob berdi

Автор: admin

"Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger futbol afsonasi Diyego Maradona va "Barselona" yulduzi Lionel Messini taqqosladi.

"Maradonada qandaydir sehr mavjud edi. U o‘z olamiga ega bo‘lgan ijodkor, daho edi. Uning hayotda qilgan ahmoqgarchiliklarini unutib, barchamiz Maradonaga o‘xshashni istardik. Chunki uning bori shu.

Diyego qo‘l bilan urgan golini "Xudoning qo‘li" degan bo‘lsa-da, odamlar uni kechirgan. Agar boshqa odam shunday qilganida uni shunchaki o‘ldirib qo‘yishardi. Anrining qo‘l bilan Irlandiya darvozasiga urgan golini eslang.

Argentina terma jamoasi safida hozirda jahonning eng yaxshi o‘yinchisi bor, ammo ular jahon chempionligini qo‘lga kirita olishmadi. Nazarimda, hattoki Lionel Messi ushbu sovrinni qo‘lga kiritmasa, u Maradonaning soyasida qolishini biladi.

Qiziq tomoni shundaki, xarakter jihatdan Messi Maradonaning ziddi — Leo ancha xotirjam va kamgap.

Bu ikki dahodan Messi klub miqyosida ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan, ammo Maradonadvn ustun sifatida tan olinish uchun u Argentina bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritishi kerak", — dedi Arsen Venger.
Manba: sport.ru

147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *