Goal24.uz » Jahon » Ronald Kuman zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi

Ronald Kuman zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi

Автор: admin

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman bugun, 3 may kuni zudlik bilan shifoxonaga olib kelindi, deya yozmoqda De Telegraaf nashri.
«Kuman yuragidagi muammo tufayli shifoxonaga yotqizildi. 57 yoshli murabbiy velosipedda sayr qilayotgan paytda to‘satdan o‘zini yomon his qilgan va tez yordam mashinasida zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan», - deyiladi xabarda.
Golland mutaxassisi Amsterdamdagi shifoxonada yurak kateterizatsiyasi tibbiy amaliyotini o‘tkazadi. 57 yoshli Kumanning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda. Murabbiyning rafiqasi Bartina uning yonida.
Ma’lumot uchun, Kuman qo‘l ostida Niderlandiya milliy jamoasi Millatlar ligasi finalchisiga aylangandi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha imzolangan.


144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *