Goal24.uz » Foto lavhalar » Fotogalereya: Ular avvaliga bir jamoada o‘ynagan, keyinchalik ustoz-shogirdga aylangan (1-qism)

Fotogalereya: Ular avvaliga bir jamoada o‘ynagan, keyinchalik ustoz-shogirdga aylangan (1-qism)

Автор: admin

Futbol tarixida avvaliga bir jamoa sharafini himoya qilgan, keyinchalik ustoz-shogirdga aylangan juftliklar ko‘plab topiladi. Bloger Khalid10 ularning ayrimlarini taqdim etdi.

Roberto Manchini (hozirda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi) va Sinisha Mihaylovich (hozirda “Bolonya” direktori) — Ular bir vaqtlar “Latsio”da birga faoliyat yuritgan. Keyinchalik Manchini “Inter”da Sinishaga bosh murabbiy bo‘lgan
Foto: Khalid10

Jennaro Gattuzo (“Napoli” bosh murabbiyi) va Ignasio Abate (klubsiz) — Ular vaqtida “Milan”da birga to‘p tepgan. Keyin esa Gattuzo “Milan”da Abatega ustozlik qilgan
Foto: Khalid10

Rud Gullit (Niderlandiya terma jamoasi yordamchi murabbiyi) va Janfranko Zola (ishsiz) — Vaqtida ular “Chelsi”ni futbolchi sifatida himoya qilgan. Keyinchalik Gullit londonliklar bosh murabbiyiga aylangan
Foto: Khalid10

Patrik Viyeyra (“Nitssa” bosh murabbiyi) va Mario Balotelli (“Breshiya”) — Ular “Manchester Siti”da birga to‘p surgan. Vaqt o‘tib Viyeyra “Nitssa”da Marioga ustozlik qilgan
Foto: Khalid10

Janluka Vialli (sharhlovchi) va Janfranko Zola — Janfranko avvalroq “Chelsi” safidagi sherigi bo‘lgan Vialli qo‘l ostida ham o‘ynagandi
Foto: Khalid10

Roberto Manchini va Xuan Sebastian Veron (“Estudiantes” prezidenti) — Ular “Latsio”da birga to‘p tepgan. Keyin esa Manchini “Inter”da Veronning ustoziga aylangan
Foto: Khalid10

Didye Desham (Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi) va David Trezege (“Yuventus” vakili) — Bir vaqtlar Fransiya terma jamoasi libosini himoya qilgan futbolchilar keyinroq “Yuventus”da ustoz-shogirdga aylangandi
Foto: Khalid10

Janluka Vialli va Frank Lebyof (aktyor) — Vialli “Chelsi”dagi sobiq jamoadoshi Leybofga ham ustozlik qilgandi
Foto: Khalid10

Karlo Anchelotti (“Everton”) va Alessandro Kostakurta (Italiya futbol federatsiyasi xodimi) — Ular Italiya terma jamoasida birga to‘p surgan. Keyin esa Anchelotti “Milan”da Kostakurtaning ustoziga aylangan
Foto: Khalid10

Rud Gullit va Janluka Vialli — Viallining o‘zi ham “Chelsi”dagi sobiq jamoadoshi qo‘l ostida o‘ynagandi
Foto: Khalid10

Rud Gullit va Roberto di Matteo (ishsiz) — Gullitning “Chelsi”dagi yana bir jamoadoshi di Matteo vaqt o‘tib niderlandiyalik mutaxassisning shogirdiga aylangandi 
Foto: Khalid10

Roberto di Matteo va Jon Terri (“Aston Villa” yordamchi murabbiyi) — O‘z navbatida di Matteo ham “Chelsi”ning bu an’anasini davom ettirgan
Foto: Khalid10

Janluka Vialli va Marsel Desayi (Fransiya terma jamoalar bo‘limi xodimi) — Desayi ham “Chelsi”da Vialli bilan birga o‘nagan, keyin esa uning shogirdiga aylangan
Foto: Khalid10

Rayan Giggz (Uels terma jamoasi bosh murabbiyi) va Maykl Kerrik (“Manchester Yunayted” yordamchi murabbiyi) — Ular bir vaqtlar Aleks Fergyusonning “Manchester Yunayted”ida birga to‘p tepgan. Keyin esa Giggz “Manchester Yunayted”da Kerrikka ustozlik qilgan
Foto: Khalid10

Rayan Giggz va Robin van Persi (faoliyatini yakunlagan) — Giggzning “Manchester Yunayted”dagi yana bir sherigi van Persi ham keyinchalik shogirdga aylangandi
Foto: Khalid10

Rayan Giggz va Ueyn Runi (“Derbi Kaunti”) — Runi esa Giggz qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted”ning sardoriga aylangan
Foto: Khalid10

Rayan Giggz va Garet Beyl (“Real”) — Ular bir paytlar Uels terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Hozirda Rayan terma jamoada Beylning ustozi hisoblanadi
Foto: Khalid10

Stiven Jerrard (“Reynjers” bosh murabbiyi) va Jon Flanagan (“Reynjers”) — Ular vaqtida “Liverpul”da birga to‘p surgan. Hozir esa Jerrard “Reynjers”da Flanaganning ustoziga aylangan
Foto: Khalid10

160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *