Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona»ning sobiq rahbari: «Menga qarshi fitna uyushtirildi»

«Barselona»ning sobiq rahbari: «Menga qarshi fitna uyushtirildi»

Автор: admin

«Barselona»ning sobiq prezidenti Sandro Rosel qonun bilan bog‘liq muammolari haqida gapirib berdi.
«Mening jinoyat ishim sudning xatosi emas, balki fitna edi. Bunga Kataloniyadagi vaziyat ta’sir qildi. Bu ishlardan kataloniyalik bo‘lsang, albatta jinoyatchisan degan fikr uyg‘onishi mumkin.
Ba’zan nega «Barselona» bilan bog‘landim deb o‘ylab qolaman. Prezident bo‘lishimdan oldin qonun bilan hech qanday muammo yo‘q edi. Prezident bo‘lganimdan keyin 72ta jinoyat ishi ochildi», — deb Rosel so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Rosel 2017 yil may oyida ofshorlar orqali 15 mln yevroni o‘zlashtirib yuborganlikda gumonlanib, hibsga olindi va 643 kun qamoqda o‘tirdi. 2019 yil fevral oyida u ozodlikka chiqdi, ammo jinoyat ishi yopilmadi. Prokuratura uni 11 yilga qamashni talab qilayotgan edi. O‘tgan yilning aprel oyida u oqlandi.


90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *