Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Mishu Batshuayi qoladi
Londonning “Chelsi” jamoasi hujumchisi Mishu Batshuayi katta ehtimol bilan Londonda qoladigan ko‘rinadi.
“Daily Mail” nashri bergan xabarlarga qaraganda, belgiyalik futbolchining hizmatlati bilan Londonning “Vest Hem” klubi jiddiy qiziqib qolgan bo‘lib, klub hujumchi uchun 20-25 million yevro taklif qilishni reja qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mishu “Chelsi” safiga 2016-yilda kelib qo‘shilgan bo‘lib, uch bora (“Valensiya”, “Kristal Pelas”, “Borussiya Dortmund”) ijara asosida jamoani tark etishga ulgurdi.
Rabyo yana arosatda qolmoqda
Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo yozda “Manchester Yunayted” libosini kiyishi mumkin.
TMW nashri bergan xabaralarga qaraganda, “qizil iblislar” fransiyalik futbolchini Pol Pogbaning transfer summasining bir qismi evaziga jamoaga olib kelishni reja qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rabio bilan futbolchining sobiq jamoasi PSJ ham qiziqish bildirgan edi.
Parti “avjiga chiqmoqda”
Madridning “Ateltiko” klubi yarim himoyachisi Tomas Parti “Atletiko Madrid” bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tormoqda.
AS nashri bergan xabarlarga qaraganda, Parti “Atletiko”ning kelajagiga shubha bilan qaramoqda va klub unga ayni damdagi maoshidan 3 barobar ko‘proq maosh belgilangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilisada, ketishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, afrikalik futbolchining hizmatlari bilan “Arsenal” “PSJ” va “Bavariya” jamoalari qiziqishb bildirishgan bo‘lib, “matraschilar” uning tavon pulini 50 million yevroga baholashgan.
Genrix qayerga yo‘l oladi?
Italiyaning bir nechta nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, “Roma” armanistonlik futbolchining maydonda harakatlaridan to‘liq qoniqish hosil qilmoqda va uni yozda “Arsenal”dan sotib olishga tayyor.
“Kononirlar” murabbiyi Mikel Arteta ham Mixtaryanni qaytarib olib kelmoqchi emas. Shu sababli jamoalar futbolchining transfer qiymatini 18 dan 10 million funt sterlingga tushirish maqsadida muzkorlar olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, armanistonlik futbolchi “Roma” safida “A Seriya”ning 20 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol + 4 ta assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Rakitich uchun da’vogar kim?
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich uchun transfer oynasidagi asosiy da’vogar nomi ma’lum bo‘ldi.
“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, xorvatiyalik futbolchi uchun yaqqol fovorit Londonning “Tottenhem” jamoasi bo‘lib turibdi.
“Shporlar” Raktich uchun “Barselona”ga 20 million yevro taklif qilishgan. Ayni damda, xorvatning transfer marketdagi qiymati ham aynan shuncha summani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi “Barselona”ga 2014-yilda o‘tgan bo‘lib, 299 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi va 34 ta golga mualliflik qildi.

175   
Добавить комментарий
Ваше имя: *