Goal24.uz » Jahon » Ronaldu Pelening rekordini yangilash uchun nima qilishi kerak? Braziliyalik afsona 1283 ta gol urgan (statistika)

Ronaldu Pelening rekordini yangilash uchun nima qilishi kerak? Braziliyalik afsona 1283 ta gol urgan (statistika)

Автор: admin

Futbol afsonasi Pele faoliyati mobaynida 1283 ta golga muallif bo‘lgan. Biroq uning ijrosidagi istalgan gol hisoblangan — hatto Braziliya qurolli kuchlar musobaqasida sohil bo‘yi qo‘riqchilari jamoasi safidagi gollari ham.
Nima bo‘lgan taqdirda ham Pele statistika qayd etib qo‘ygan, qolganlar esa unga yetib olish uchun harakat qiladi, xolos.
Ba’zilarning fikricha, buning iloji bor. Masalan, Gari Nevill Krishtianu Ronaldu braziliyalik afsonaning rekordini yangilashiga ishonmoqda.
Demak, Pelening hisobida 1283 ta gol bor, Ronalduda esa — 725 ta. Pelega yetib olish uchun Krishtianu har mavsumda 56 tadan gol urgan holda 45 yoshgacha o‘ynashi kerak. Portugaliyalik futbolchi hozirda 35 yoshda.


Nevillning rejasi amalga oshishi uchun Ronalduda birgina yo‘l qolmoqda — mavsumlar oralig‘ida Madeyra sohil bo‘yi qo‘riqchilari jamoasida to‘p surish va u yerdagi barcha golga o‘zi muallif bo‘lishi kerak.
174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *