Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Xamesga «Real»ning raqobatchisidan kutilmagan taklif tushdi

Xamesga «Real»ning raqobatchisidan kutilmagan taklif tushdi

Автор: admin

«Real» klubi yozgi transfer oynasida o‘z yarimhimoyachisi Xames Rodrigesni Angliyaga klublariga sotishni rejalashtirayotgan bir paytda kolumbiyalik futbolchiga Ispaniyadan ham kutilmagan taklif tushdi, deya yozmoqda El Universal.
Manbaning yozishicha, «Real»ning asosiy raqobatchilaridan biri sanalmish Madridning yana bir klubi «Atletiko» yozgi transfer oynasida Xamesga taklif bilan chiqmoqchi. Diyego Simeone futbolchini asosiy tarkibda o‘ynatmoqchi. «Atletiko» kolumbiyalik yarimhimoyachi uchun 25 million yevro to‘lashga tayyor.
Qayd etilishicha, Xamesning oilasi Madridda qolishni istamoqda. Shu bois 28 yoshli futbolchi «Everton»ning qiziqishiga qaramay, madridliklar taklifni ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Real» a’zosiga oldinroq «Everton», «Chelsi», «MYU» klublari qiziqish bildirgandi.


99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *