Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ugo Sanches: «Benzema «qotil» emas, «Real»ga Ronaldu kabi hujumchi kerak»

Ugo Sanches: «Benzema «qotil» emas, «Real»ga Ronaldu kabi hujumchi kerak»

Автор: admin

«Real» klubi sobiq hujumchisi Ugo Sanches «qaymoqranglilar»ga yangi hujumchi kerakligini aytib o‘tdi.

– Bugungi «Real»ga yangi markaziy hujumchi kerakmi?
– Albatta. «Real»ga jarima maydoni ichidagi yangi "qotil" kerak. Xuddi men kabi, Ronaldu kabi. Krishtianu uzoq yil davomida «Santyago Bernabeu»da bu ishni a’lo darajada uddaladi. Shuning uchun jamoaga yangi forvard kerak.

– Sizga Benzema yoqmaydi?
– Qanday qilib u menga yoqmasligi mumkin? U yuqori saviyadagi forvard, lekin "qotil" emas, sof hujumchi.

Karim — ikkinchi hujumchi sifatida ajoyib. O‘z vaqtida Butragenyo shunday vazifani bajargan bo‘lsa, men Krishtianu kabi bo‘lganman. Emilio va men bir-birimizni juda yaxshi to‘ldirgandik. Karimning oldida "qotil" bo‘lsa, u yaxshi harakat qiladi.

Avval menga Xarri Keyn yoqardi, ammo u ko‘p jarohat olgani tufayli bir joyda to‘xtab qoldi. Levandovski esa endi yosh emas. Shu bois, "qotil"ni topish oson bo‘lmaydi", – dedi Sanches.
Manba: sports.ru

75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *