Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real»ning eng yomon legionerlari ro‘yxati tuzildi

«Real»ning eng yomon legionerlari ro‘yxati tuzildi

Автор: admin

Ispaniyaning AS nashri «Real» tarixidagi eng yomon legionerlar ro‘yxatini tuzdi.
«Ramziy» jamoa tarkibi quyidagicha bo‘ldi:
1. Argentinalik darvozabon Albano Bissari, 1999-2000 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va 7ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol o‘tkazib yuborgan. 2000 yilda Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shundan so‘ng «Valyadolid» klubiga o‘tib ketgan.  
2. Urugvaylik himoyachi Karlos Diogo, 2005-2007 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va 13ta o‘yinda maydonga tushgan. Keyinchalik «Saragosa» klubiga o‘tib ketgan.  
3. Angliyalik himoyachi Jonatan Vudgeyt, 2004-2006 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va 9ta o‘yinda maydonga tushgan. Keyinchalik «Midslbro» klubiga o‘tgan.  
4. Yugoslaviyalik himoyachi Predrag Spasich, 1990-1991 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va 22ta o‘yinda maydonga tushgan. Keyinchalik «Osasuna» klubiga o‘tgan.  
5. Portugaliyalik himoyachi Fabiu Koentrau, 2011-2018 yillarda (orada tanaffuslar bilan) «Real» sharafini himoya qilgan va 58ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Keyinchalik «Riu Ave» klubiga o‘tgan.  
6. Daniyalik yarimhimoyachi Tomas Gravesen, 2005-2006 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va 35ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Keyinchalik «Seltik» klubiga o‘tgan.  
7. Urugvaylik yarimhimoyachi Pablo Garsiya, 2005-2008 yillarda (orada tanaffuslar bilan) «Real» sharafini himoya qilgan va 22ta o‘yinda maydonga tushgan. Keyinchalik PAOK klubiga o‘tgan.  
8. Fransiyalik yarimhimoyachi Jyulen Fober, 2009 yilda «Real» sharafini himoya qilgan va atigi 2ta o‘yinda maydonga tushgan. Keyinchalik Turkiyaning «Elyozigspor» klubiga o‘tgan.  
9. Bosniyalik yarimhimoyachi Elvir Balich, 1999-2002 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va 11ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Keyinchalik Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga o‘tgan.  
10. Italiyalik hujumchi Antonio Kassano, 2006-2007 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va 19ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Keyinchalik «Sampdoriya» klubiga o‘tgan.  
11. Niderlandiyalik hujumchi Royston Drente, 2007-2012 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va 46ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Keyinchalik «Erkules» klubiga o‘tgan.


184   
Добавить комментарий
Ваше имя: *