Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Qay tariqa Ronaldu Angliyaning nafratiga sabab bo'lgan?

Qay tariqa Ronaldu Angliyaning nafratiga sabab bo'lgan?

Автор: admin

CHorak finalda Portugaliya penaltilar seriyasida Angliyani mag'lub etgan o'yinning bir epizodida Runi raqibi Karvalyuga jarohat etkazdi. Oradan bir lahza o'tib, bosh hakam Orasio Elisondo butun bir jamoani chetlatib yuborishi ham mumkin edi. Barchadan oldinda turgan Krishtianu Ronaldu esa angliyalik futbolchining jazolanishini istayotgandi. Yakunda bosh hakamning qo'lida qizil kartochka paydo bo'ldi, janjal bostirildi, Runi kiyim almashtirish xonasi tomon ketdi. Ronaldu shu vaziyatdan keyin zaxira o'rindig'ida o'tirgan bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari tomon ko'zini qisib qo'ydi.

Ushbu vaziyatdan keyin Angliya matbuoti Ronalduni ezib tashladi, yarim finalda esa Franciyaga qarshi o'yinda Ronalduga har bir to'p tegganida ingliz muxlislari hushtak chalib turishdi. Qayd etilishicha, angliyaliklar aynan shuning uchun o'yin chiptalarini sotib olishgan ekan. O'shanda "Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisini bir umrlik dushmanga chiqarib qo'yishdi va portugaliyalikning jamoadan ketishida bu asosiy fakt bo'lishini aytishdi.
Germaniyadagi mundialga qadar jurnalistlar Krishtianuning "Real"ga o'tishi borasida ko'plab xabarlar tarqatishdi. Portugaliyalik insayder esa Ronalduning rasmiga shunday hazilona so'zlarni yozib qo'ydi: "Real" bilan shartnoma imzolashimni sabrsizlik bilan kutyapman. Jahon chempionati tugashi bilanoq buni amalga oshiraman".
O'yinda keyin Runi qisqa, lekin manoli gaplarni aytdi: "Ronaldu bilan erkakchasiga gaplashib olaman".
Biroq Jerrardning bu boradagi fikri anchagina jiddiy edi: "Ronaldu Runiga qarata nimalar qilganini ko'rdim. U bosh hakamning oldiga borib, Runiga qizil kartochka ko'rsatilishini so'radi. Krishtianu o'zini Ueynning do'sti kabi tutmadi. Agarda u mening jamoadoshim bo'lganida, u bilan munosabatlarni uzgan bo'lardim.
Ueyn chetlatilganidan keyin u bosh murabbiyiga qarab ko'zini qisib qo'ydi. Bu uning qanchalar ablah odamligini ko'rsatadi. Agarda terma jamoa tarkibida jamoadoshimga qarshi o'ynasam, bunday holatda men barchasini bosh hakamning o'ziga topshirib qo'yardim".

SHundan keyin OAV tonnalab insayd malumotlar topib tashladi. SHunday malumotlardan birida "Manchester Yunayted" etakchilari bir-biri bilan kelisha olishmayotgani, hattoki ular mashg'ulotda qo'l berib so'rashmayotgani aytildi.
Gari Nevill o'sha vaqtlarda Fergyusonning xonasiga kirib muhim topshiriq olganini tan oldi: Runi va Ronalduni yarashtirish kerak. Aslida bu kerak emasdek: butun bir davlat Krishtianuga qarshi. Barcha OAV unga qarshi maqolalar va sarlavhalar yozishayotgandi. O'shanda futbolchilarga bo'lgan bosim juda ham katta edi, biroq ular barchaning oldida bemalol qo'l siqishib so'rashishdi. Xuddi hech qanday muammo bo'lmagandek edi. Ueyn maydondagi ishlarni uning tashqarisiga olib chiqadigan odam emasdi".
5 aprel kuni Runi "Sunday Times" nashriga o'sha paytda bo'lgan hissiyotlarini gapirib berdi: "O'shanda qizil kartochka berilishini sezib turgandim. Kiyinish xonasidagi kichkinagina televizorda o'yinni ko'rib o'tirib, o'zimga shunday dedim: "Agarda yutsak, yarim final va finalda o'ynamayman, yutqazib qo'ysak, barchasi mening aybim bo'ladi".
O'zimni Ronalduning o'rniga qo'yib ko'rdim. U jamoasi uchun qayg'urayotgani va g'alabani istayotganini tushundim".

Futbolchining ko'z qisishi angliyaliklarning asabiga teggandi. Ronaldu esa Skolarining aytgan vazifasini tushungani uchun ko'zini qisganini aytdi. Albatta, Britaniya matbuotini bostirishning iloji bo'lmadi.
O'sha lahzada Ser Aleksdan qanday hissiyotlar o'tganini tasavvur qilish qiyin. U o'zining kitobida yozishicha, Krishtianu rostdan ham 2006 yili "Real"ga o'tishga yaqin bo'lgan, Angliyaga qarshi o'yin va muxlislarning unga bo'layotgan nafrati transferni tezlashtirishi kerak edi. Lekin ishlar o'xshamadi: "Runining o'zi Ronalduga qo'ng'iroq qilib, oralarida hech qanday muammo yo'qligini aytdi. Ueyn esa mendan bu borada yakuniy intervyu berib, muxlislarning miyasidan o'chirib yuborish kerakligiga ko'ndirdi. Krishtianu esa bunday holatda MYUdan ketish, kuchli futbolchining ishi bo'lmasligini aytdi".
Oradan bir yil o'tib, 2007 yilning sentyabr oyida matbuot anjumanida Ronaldudan Runi bilan munozara haqida savol berishdi: "Bu juda yoqimsiz vaziyat bo'lgandi, biroq bundan o'zim uchun dars oldim. O'sha voqea meni yanada kuchliroq qildi. Hozir Runi bilan munosabatlarim alo darajada. U yaxshi do'st va jamoadosh. Ueyn bilan bir jamoada o'ynayotganimdan lazzat olaman va faxrlanaman".

O'sha mavsum MYU ilk turda "Fulxem"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi. Unda Runi dubl qayd etdi va Ronalduning goliga assist bo'ldi. Ueyn ushbu o'yinni yorqin xotiralar bilan yodga oldi: "Matbuot ushbu holatni yoz davomida muhokama qildi, ular o'rtamizdagi muammolarni qidirish bilan band bo'lishdi. Ilk o'yinda "Fulxem"ni 5:1 hisobida mag'lub etdik, uning bir golini urishda qatnashdim. Bu esa barchani tinchlantirdi".
181   
Добавить комментарий
Ваше имя: *