Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Nemanya Matichning keyingi rejalari qanday? U yaqin kelajakdagi maqsadini oshkor qildi

Nemanya Matichning keyingi rejalari qanday? U yaqin kelajakdagi maqsadini oshkor qildi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» klubining serbiyalik yarim himoyachisi Nemanya Matich yaqinda «Qizil iblislar» rasmiy saytiga bergan intervyusida kelajakda murabbiy bo‘lish niyati borligini aytib o‘tdi.
- Siz klubning yosh o‘yinchilari haqida doimo ijobiy fikrlarni bildirasiz. Ular maslahatlar uchun yoningizga keladimi va siz o‘zingizni murabbiydek his qilasizmi?
- Rostini aytsam, kimningdir yonimga kelgani va nimanidir so‘raganini ko‘rmaganman. Bilmadim, balki ular haddan ortiq kamtardirlar. Fikrimcha, ularga qanday shug‘ullanayotganimiz va nimalar qilayotganimizni ko‘rish ham etarli. Ular bizning nimalar qilayotganimizni kuzatishlari, o‘zlarining mahoratlarini ishga solishlari kerak va shunda albatta ular top-o‘yinchilarga aylanishadi.
- Faoliyatingizni yakunlaganingizdan so‘ng murabbiy bo‘lishni istarmidingiz?
- O‘ylashimcha, ha.
- Murabbiylik sohasida sizga ko‘proq nima yoqadi?
- Men butun hayotim davomida futboldaman. Shug‘ullanishni 5 yoshdan boshlaganman. Fikrimcha, futbol – men biladigan yagona narsa. Menga futbol ichida bo‘lish yoqadi, shu sabab butsalarimni ilganimdan keyin ham futbolda qolaman. Albatta, murabbiy bo‘lishni xohlayman.
- Bu sizni o‘yinchi sifatida futbolga boshqacha qarashga majbur qilyaptimi?
- Ayni paytda yo‘q, chunki bor diqqat-e’tiborim o‘ynashga qaratilgan. Lekin agar butsalarimni mixga ilishga qaror qilsam, u holda bundan bir yoki yarim yildan so‘ng futbolga boshqacha qarashni boshlayman. Bu qiyin bo‘lmaydi, deb o‘ylayman.
- Siz vataningizda futbol klublariga yordam berib kelasiz. Serbiyada futbolni rivojlantirishga yordam berayotganingizga ishonishingiz qanchalik muhim?
- Serbiyada ko‘plab iqtidorli yoshlar bor, ularning barchasida shug‘ullanish va mahoratlarini ko‘rsatish uchun barcha shart-shroitlar mavjud va men bu harakatlarim bilan ularga o‘zlarini ko‘rsatishlari hamda mahoratlarini namoyish etishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilishiga harakat qilyapman. Futbol o‘ynashni boshlagan paytimda menda sharoitlar bo‘lmagan, maydonlar qo‘rqinchli edi. Menda butsalar ham bo‘lmagan. Hozir esa men faoliyatimni boshlagan klubimda sharoitlar ancha yaxshi va yigitlar o‘zlarini ko‘rsatish uchun barchasini amalga oshirishlari mumkin. Endi hammasi ularning o‘zlariga bog‘liq. Ular futbol uchun borlarini berishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak. Hech qanday bahonalar yo‘q.
88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *