Goal24.uz » O'zbekiston » Shomurodov «Fox Sports Asia» talqiniga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘la olmadi

Shomurodov «Fox Sports Asia» talqiniga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘la olmadi

Автор: admin

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qit’aning nufuzli sport saytlaridan biri sanalmish «FOX Sports Asia» tomonidan «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida 24 nafar nomzodlardan biri sifatida kiritilgandi.
3 yanvar kuni «Titan Sports» va «FOX Sports Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan ushbu nominatsiyaning g‘olibi aniqlandi. Bu safar ham Janubiy Koreya va «Tottenhem» klubi futbolchisi Son Xyon Min Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Angliya Premer-ligasi va Yevropa Chempionlar ligasida ajoyib o‘yinlar namoyish etgan futbolchi jami ovozlarning 31,6 foiziga ega chiqib, 258 ochko to‘pladi.

 Shuningdek, kuchli uchlikdan qatarlik Akrom Afif («As-Sadd», 114 ochko) va yaqinda «Liverpul»ga o‘tgan yaponiyalik Takumi Minamino (90 ochko) joy oldi.
Nashr jurnalistlari o‘rtasidagi so‘rovnomada hamyurtimiz Eldor Shomurodov 13-o‘rinni egalladi. «Rostov» va O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi 10 ochko olgan.
 Ma’lumot uchun, 2013 yildan buyon «Titan Sports» va «FOX Sports Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan ushbu nominatsiyaning amaldagi g‘olibi ham janubiy koreyalik Son Xyon Min sanalardi.
 «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi». So‘rovnoma yakuni:
1. Son Xyon Min (Tottenhem), Janubiy Koreya - 258 ochko
2. Akrom Afif (As-Sadd), Qatar – 114
3. Takumi Minamino (Zalsburg/Liverpul), Yaponiya – 90
 4. Ali Almoyez (Duhayl), Qatar - 64
5. Sardor Ozmun (Zenit), Eron - 58
 6. Bafetimbi Gomis (Al-Hilol), Fransiya - 49
7. Vu Ley (Espanol), Xitoy - 29
 8. Salim Al-Dovsari (Al Hilol), Saudiya Arabistoni – 26
9. Bag‘dod Buneja (As-Sadd), Jazoir - 15
10. Paulino (Guanjou Evergrand), Braziliya - 14
 11. Li Kang In (Valensiya), Janubiy Koreya - 13
12-13. Tiirathon Bunmatan (Yokohama Marinos), Tailand - 10
 12-13. Eldor Shomurodov (Rostov), O‘zbekiston - 10
 14. Sebastyan Jovinko (Al-Hilol), Italiya - 9
 15. Umar As-Soma (Al Ahli), Suriya - 8
 ..19. Ali Mabhut (Al-Jazira), BAA – 7
 20. Yuto Nagatomo (Galatasaroy), Yaponiya - 5
 24. Arslanmirat Amanov (Lokomotiv), Turkmaniston – 1 ochko.


352   
Добавить комментарий
Ваше имя: *