Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Yangi «Nyukasl»qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Yangi «Nyukasl»qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Автор: admin

Tez orada APLning eng badavlat klubiga aylanishi kutilayotgan “Nyukasl” trend mavzuga aylanib bo‘ldi. Yevropaning turlinashrlari ham yulduz futbolchilarni tumanli albionga katta pullar evaziga yo‘l olishini taxmin qilish orqali intrigani yanada oshirmoqda. Bugun shu mavzu haqida suhbatlashamiz.
Yangi bosh murabbiyi – favorit Maurisio Pochettino
Agar klubga katta pullar “tikiladigan” bo‘lsa, birinchilardan bo‘lib Stiv Bryus ishsiz qolib ketishi turgan gap. Barchaning xayoligi birinchi bo‘lib jamoa afsonasi Kevin Kigan kelishi mumkin, biroq,ishoning,yangi “Nyukasl”ni shakllantirish uchun 69 yoshli Kigan biroz qarilik qiladi. O‘z-o‘zidan Maurisio Pochettino bu o‘ringa eng munosib ekanligi chuqur his etgan bo‘lsangiz kerak? Yosh, g‘alabaga chanqoq va kurashuvchan murabbiy o‘rtamiyona jamoalarni grandga aylantirish borasida benazir sanaladi. Bundan tashqari, u tanlagan transferlarning deyarli 85 foizi doimo nishonga tekkan. Britaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, argentinalik murabbiy allaqachon yangi jamoasida kimlarni tarkibda ko‘rish borasida bosh qotirishni boshlab yuborgan. Xo‘sh, yozda “Nyukasl” libosini kimlar kiyishi mumkin?
Filippe Koutinyo
Filippeni Pochettino “Tottenhem”da ishlab yurgan chog‘lariyoq o‘z jamoasida ko‘rish uchun kurash olib borgan. Shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilishiga qaramay, Filippe “Bavariya”da ijara asosida to‘p surishni avzal ko‘radi.
Omadsiz chiqqan Myunxen safari, braziliyalikning transfer qiymatining tushib ketishi va “Barselona”ning katta pulga muhtoj ekanligini inobatga olsak, “Nyukasl” Pochettinoning orzusini amalgaoshirishi mumkin.
Shunga qaramay, yarim himoyachi uchun kurash oson kechmasligi aniq. “Nyukasl” faqat katta pullar bilangina Koutinyoni o‘ziga og‘dirishi mumkin. Umuman olganda, imkon bor ekan kurashib ko‘rish shart.
Edinson Kavani
Bu transferni amalga oshirish uchun “Nyukasl”da imkoniyat boshqa jamoalarnikidan yaxshiroq. Gap shundaki, Kavani yozda erkin agent maqomini qo‘lga kiritadi. APLning yangi baquvvat klubi esa, UEFAning feyr-pley qoidasini buzmay turib (transfer uchun pul sarf etmay turib) urugvaylik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qodir. Qisqacharoq qilib aytganda, “Nyukasl”da Kavanini qo‘lga kiritish uchun yaxshigina imkoniyat mavjud.
Luka Yovich
Luka borasida “Nyukasl” yaxshigina ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, serbiyalik forvard bilan biryo‘la bir nechta APL klublari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida “Nyukasl”ning ham bor ekanligini inobatga olsak, Yovich uchun kurash ayovsiz kechishi aniq.
Nabil Fekir
Fekir “Betis” uchun keragidan ortiqroq yaxshi futbolchi ekanligini bir mavsumdayoq isbotlab qo‘ydi. Fekir ayni damda Ispaniyani tark etishga tayyor. Qahramonimiz o‘z kuchiga ishonch xosil qilgach, tumanli albionda o‘z kuchini sinab ko‘rishga qarshi emas. Aslida Fekir bilan “Arsenal” muzokaralar olib borgan bo‘lsada, “Betis” bilan uning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi. Endilikda, “Nyukasl” “Betis” istagan pulni berishga qodir. Boz ustiga, yangi loyihaning ilk ishtirokchisi bo‘lish, “La Liga”ning kuchli 10 ligidan joy olishdan ancha obro‘liyoq.
Kalidu Kulibali va Dris Mertens
Aurelio De Laurentis senegallik himoyachi bilan bir necha yillardan beri top-klublar qiziqayotganiga qaramay uni jamoada olib qolishda davom etmoqda. Boz ustiga, Kulibalining shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uni “Napoli”dan kuch bilan tortib olish juda mushkul.
Dris Mertens borasida bunday deya olmaymiz. Yozda erkin agentga aylanishi aniq bo‘lib ulgurgan belgiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Nyukasl”da imkoniyat yuqori. Moliyaviy krizisdan chiqqan klublardan sezilarli darajada yuqori maosh belgilangan shartnoma taklif etilsa, Mertens o‘zining so‘nggi mavsumlarida yaxshigina pul ishlab olishdan bosh tortmasligi mumkin.
Yana kimlar?
Aslida, “Nyukasl”ning kimni xarid qilishini oldindan aytish juda mushkul. Gap shundaki, jamoa yuqori darajadagi ijrochilarga og‘iz solishni boshlab yubordi. Boz ustiga, barcha klublar pul bilan muammolarga duch kelgan chog‘da katta sahnaga chiqqan “Nyukasl”da ajoyib tarkib yig‘ib olish uchun imkoniyat mavjud. Barchasi, bu futbolchilar qanday kalibirda bo‘lishi va ularning transferida mantiq bo‘lishi talab etiladi. Agar jamoa postiga shaxsan Pochettino keladigan bo‘lsa, jamoaning transfer bozordagi ishlari ham ancha oldinga siljishi turgan gap.

211   
Добавить комментарий
Ваше имя: *