Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» futbolchilarining koronavirus testi natijalari e’lon qilindi

«Barselona» futbolchilarining koronavirus testi natijalari e’lon qilindi

Автор: admin

«Barselona» klubining barcha futbolchilari va xodimlari koronavirusga test topshirishdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, hech kimda koronavirus borligi aniqlanmadi, barcha natijalar manfiy bo‘ldi.
Endi kataloniyaliklar karantinga olinmaydi va klub qarorgohida yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni boshlashadi.
Avvalroq Ispaniya hukumati koronavirus bilan xastalanish darajasi pasaygani bois, karantin choralarini yumshatgan edi. Xususan, 2 may kunidan boshlab fuqarolarga sayr qilish va toza havoda sport bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.
Ayni paytda La Liganing barcha klublari koronavirus testini topshirmoqda. Uning natijalariga ko‘ra, La Liga mashg‘ulotlarni boshlash va mavsumni davom ettirish haqidagi yakuniy xulosaga keladi.


96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *