Goal24.uz » O'zbekiston » Superliganing tezroq tugashi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga foydami?

Superliganing tezroq tugashi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga foydami?

Автор: admin

Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sekin-asta yumshatilmoqda. Birin-ketin virusdan forig‘ bo‘lgan viloyatlarda hayot avvalgidek bo‘la boshlayapti. Bu esa futbol bahslari ham ozgina vaqtdan so‘ng boshlanib qolishini anglatadi.
Ayrim davlatlar ligalarni to‘xtagan holatida tugatmoqda, ba’zilar mavsumni yakunlab qo‘ymoqchi vahokazo. Xo‘sh bizdachi? Bizda bu jarayon qanday kechadi? Endigina boshlangan Superliga ma’lum vaqt muxlislarsiz o‘tishi aytildi xolos.
Qolgani taxminan qanday bo‘lishini bilish maqsadida mutaxassislarga yuzlandik. “Sport” telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalov savollarimizga javob berdi.
- Karantindan keyin o‘zbek va xorij futbolini qanday tasavvur qilasiz? O‘zgarishlar bo‘lishi mumkinmi?
- Karantindan keyingi futbol qaerniki bo‘lsa ham sifati tushsa kerak. Chunki uyda shug‘ullansa-da, sportchilarning, futbolchilarning jismoniy holati cho‘kadi. Avvalgi talabga javob bermaydi. Shuning bois ma’lum vaqt oldingidan ko‘ra pastroq sifatli futbolni ko‘rishimiz mumkin.
O‘zgarishlar. Karantin qoidalariga amal qilib, niqob taqib, qo‘l berib so‘rashmasdan, masofa saqlagan holda stadionga kiradigan odamlarni tekshirish bilan futbol davom etadi. Asosan translyatsiyalarga urg‘u beriladi.
Taqvimlarga etib olish uchun juda ko‘p vaqt, asab va kuch kerak bo‘ladi. Buni obdon o‘ylash lozim. O‘yinlarni to‘ldirish, chempionatlar, katta turnirlar, balki ba’zilari umuman bekor qilinar.

“Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizaev futboldagi mavjud qoidadan norozi, uni bekor qilish tarafdori


- Superligani endi qanday o‘tkazishni taklif qilasiz?
- Menga qolsa Superligani qisqa vaqt ichida o‘tkazib olardim. Jamoalarni bir joyga yig‘ib, Toshkent sharhi yoki Toshkent viloyatiga jamlab, hamma choralarni ko‘rib, stadionlar bir-biriga yaqin bo‘lgan joylarga, ikki davrali tizimdan voz kechib, bir davrali o‘yinlar qilib o‘tkazib yuborish tarafdoriman. Bir kunda kerak bo‘lsa 3-4 ta uchrashuvlar tashkil etib. Deylik Toshkentdagi 4 stadionda. Misol uchun, ertalab 10da, kechki payt 4, 6da... Muxlislar stadionga bormagandan keyin, translyatsiya qilinganda vaqtning unchalik ahamiyati bo‘lmasa kerak. Nisbatan salqinroq paytlarda. Agarda bellashuvlar kuzda o‘tkazilsa, har ikki soatda tashkil etish mumkin. “Milliy”, “Paxtakor”, “Jar”, TTYMI va Toshkent viloyatlaridagi stadionlarda o‘ynash mumkin.

Diyor Imomxo‘jaev: PFL ehtiyotkorlik yuzasidan ruxsat so‘ragan

Menga qolsa, Superliganing qolgan qismini O‘zbekiston Liga kubogiga o‘xshab olimpiya tizimida o‘tkazib yuborardim. Chempion, 2-o‘rin, 3-o‘rin vahokazo. Shunda o‘yinlar kam bo‘ladi. Pley-off tizimida jamoalar chiqib ketaveradi. Hamma bir-biri bilan o‘ynashi shart bo‘lmaydi. Hozir boshqachasining iloji yo‘q. Shunda o‘rinlarni va OChLda ishtirok etadiganlarni aniqlash asosiy maqsad bo‘lardi.
- Evropada futbol chempionatlarining davom etishi ko‘proq pulga bog‘liqmi yoki chempionni aniqlashga?
- Unisiga ham, bunisiga ham. Misol uchun, Angliyada futbol – biznes, tijoriy loyiha. Ular Premer ligani o‘tkazish tarafdori. Buning orqasidan milliardlar yo‘qotadi. Shuning uchun bu erda tijorat va pul ustuvor maqsad. “Liverpul”ning chempionligi jamoa muxlislariga ko‘proq kerak. Sababi klub 30 yil deganda endi kubokni boshi uzra baland ko‘taradi. Agar vaziyat tang bo‘lsa “Liverpul” chempionlikni maydonda emas qog‘ozda nishonlashi mumkin. Bundan boshqa iloji yo‘q.
Angliya, Ispaniya va umuman kuchli beshlik ligalarida chempionlikdan ko‘ra pul muhimroq, deb o‘ylayman. Ammo shunday birinchiliklar borki, tijoriy tomondan hech qanaqa manfaati yo‘q, ularda chempionlikni aniqlash qoladi xolos.
- Chempionatlarda chempionni kay tarzda aniqlash kerak, deb hisoblaysiz?
- Hamma chempionatga bir xil mezon qo‘yib bo‘lmaydi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, kuchli beshlik bor, undan keyin turadigan Portugaliya, Rossiya, Turkiya, Niderlandiya, Belgiya chempionatlari mavjud. Bularda tosh-tarozi turlicha. Shuning uchun ba’zilar chempionatni to‘xtatdi, ayrimlar qur’a yo‘lib bilan aniqlamoqda, kimdir musobaqa to‘xtagan joyida e’lon qilyapti yoki natijalar bekor qilinishi mumkin. Mavsumni tugatib qo‘yish tarafdorlari ham bor. Shu bois mamlakatlar ichkaridagi vaziyatdan kelib chiqib, qaror qabul qilsa, ana shunisi ma’qul. O‘zbekiston chempionati borasida esa yuborida fikrlarimni bildirib o‘tdim.
Milliy va olimpiya termalarimizning o‘ziga kelib olishi qiyin kechadi. Chunki futbolchilar doimiy ravishda mashg‘ulotlarda ishlari lozim va yana bir yaxshi tomoni Superligamiz maksimal tarzda o‘tkazilib yuborilsa, keyin Vadim Abramov milliy terma jamoamizni bir joyga yig‘ib, futbolchilarning sog‘ligini nazorat qilib, shug‘ullanishi, balki ikki tomonlama o‘yinlar o‘tkazish orqali ularni rasmiy uchrashuvlargacha bir maromda ushlab turishi mumkindir. Rasmiy bahslar qachon bo‘lishi noma’lum. Yana bir plyus tomoni, JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan bellashuvda yozning jaziramasida Saudiya Arabistoniga safar uyushtirishimiz kerak edi. Agar pandemiya sabab bu o‘yin salqiroq paytda o‘tkazilsa, yaxshi bo‘lardi. Bularning barchasi, FIFA, OFK va O‘FAga bog‘liq.
147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *