Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Son Xyong Min harbiy xizmatni a’lo bahoga yakunladi

Son Xyong Min harbiy xizmatni a’lo bahoga yakunladi

Автор: admin

«Tottenxem» hujumchisi Son Xyong Min Koreyaning dengiz qo‘shinlari bazasida 3 haftalik yig‘inni yakunladi.

Futbolchi aprel oyida o‘z Vataniga yetib kelib, Chendu orolida xizmatni boshlagan edi. Koreya OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, Son Xyong Minga harbiy xizmatni a’lo darajada yakunlagan 5 nafar ishtirokchidan biri sifatida sovrin topshirilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u o‘q otish mashqida yuqori natija qayd etgan.

Shu tariqa, Son harbiy burchni bajardi. Endi u jamoat ishlarida qatnashish vazifasini bajarishi kerak. Bu ishni u 2023 yilga qadar bajarsa bo‘ladi. Shunda u o‘zi zimmasidagi harbiy majburiyatni to‘liq bajargan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Son Xyong Min 2018 yilda Osiyo O‘yinlarida g‘olib chiqqani uchun 21 oylik harbiy xizmatdan ozod etilgan edi.
Manba: sport.ua

105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *