Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Bernardu Silva: Bir kun kelib Ronaldu faoliyatini yakunlaydi. Bu qayg‘uli kun bo‘ladi

Bernardu Silva: Bir kun kelib Ronaldu faoliyatini yakunlaydi. Bu qayg‘uli kun bo‘ladi

Автор: admin

“Manchester Siti” klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bir kun kelib Krishtianu faoliyatini yakunlaydi. Bu qayg‘uli kun bo‘ladi. U almashtirib bo‘lmas o‘yinchi.
Biroq Portugaliyada juda kuchli avlod shakllandi va unda yanada olg‘a yurish uchun barcha narsa bor. Ronalduga o‘rinbosar yo‘q, biroq biz oldinga qarab yurishda davom etamiz”, — deydi Silva.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 169 o‘yin o‘tkazib, 99 ta golga muallif bo‘lgan. Portugaliyalik futbolchi terma jamoa safida gol urish bo‘yich jahon rekordini o‘rnatishga yaqin turibdi, u faqat eronlik Ali Daidan (109 ta gol) ortda qolmoqda.
103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *