Goal24.uz » Jahon » Futbol qoidalariga vaqtinchalik o‘zgarish kiritildi

Futbol qoidalariga vaqtinchalik o‘zgarish kiritildi

Автор: admin

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) futbol qoidalariga vaqtinchalik o‘zgarish kiritilganini e’lon qildi.
Endi jamoalarga bir o‘yinda 5ta futbolchi almashtirishga ruxsat berildi. Bu qoidani joriy qilish masalasini har bir liga mustaqil ravishda hal qiladi.
Ammo, vaqt cho‘zilishining oldini olish maqsadida, klublar o‘yin davomida 3ta futbolchini, qolganini esa tanaffus vaqtida almashtirishi mumkin. 
Agar 2ta klub bir vaqtda futbolchi almashtirsa, bu har bir klub uchun 3ta almashtirishdan 1ta imkoniyat deb baholanadi.
Foydalanilmagan almashtirishlardan qo‘shimcha vaqtlarda foydalanish mumkin bo‘ladi. Teskari almashtirishlar (zaxiraga olingan futbolchini yana maydonga tushirish) mumkin emas.
Yangi qoidalardan endi boshlangan ligalarda yoki koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan va 2020 yil 31 dekabrgacha tugatilishi lozim bo‘lgan ligalarda foydalanish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, IFAB futbol qoidalarini ishlab chiqish va tartibga solish bilan shug‘ullanadi.


142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *