Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» futbolchilarining koronavirus testi natijalari e’lon qilindi

«Real» futbolchilarining koronavirus testi natijalari e’lon qilindi

Автор: admin

«Real» klubining barcha futbolchilari va xodimlari koronavirus testini topshirishdi.
ESPN xabariga ko‘ra, test natijalari manfiy bo‘ldi, hech kimda zararli virus aniqlanmadi.
Endi futbolchilar 11 may kunidan boshlab yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Ispaniya hukumati koronavirus bilan xastalanish darajasi pasaygani bois, karantin choralarini yumshatgan edi. Xususan, 2 may kunidan boshlab fuqarolarga sayr qilish va toza havoda sport bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.
Ayni paytda La Liganing barcha klublari koronavirus testini topshirmoqda. Uning natijalariga ko‘ra, La Liga mashg‘ulotlarni boshlash va mavsumni davom ettirish haqidagi yakuniy xulosaga keladi.


79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *