Goal24.uz » O'zbekiston » Belarus Oliy ligasi. Yaxshiboyevning dubli «Energetik-BGU»ga peshqadam ustidan g‘alaba keltirdi

Belarus Oliy ligasi. Yaxshiboyevning dubli «Energetik-BGU»ga peshqadam ustidan g‘alaba keltirdi

Автор: admin

Belarus Oliy ligasi 8-turi doirasida «Energetik-BGU» klubi safarda turnir peshqadami «Slutsk» jamoasini mag‘lub etishga erishdi.
Uchrashuvning 17 va 28-daqiqalarida penaltidan ikkita gol urgan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasur Yaxshiboyev jamoasining hisobdagi ustunligini ta’minladi. Mezbonlar 41-daqiqada hisobdagi farqni bittaga kamaytirgan bo‘lsa-da, yakunda mehmonlar safardan g‘alaba bilan qaytishdi – 1:2.
Qayd etish joiz Yaxshiboyev o‘z gollari bilan jamoasining mavsumdagi 5-g‘alabasini rasmiylashtirdi. Shu kuni yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Energetik-BGU» klubi ochkolari sonini 15taga yetkazib, 1-o‘rindagi «Slutsk» bilan oradagi farqni bittagacha qisqartirishdi.
Belarus chempionati. 8-tur.
Slutsk – Energetik-BGU 1:2

Gollar: 0:1 – 17, penalti Yaxshiboyev, 0:2 – 28, penalti Yaxshiboyev, 1:2 – 41 Umar Bala.
Slutsk – Pankratov, Trubilo, Obrazov, Chebotayev, Krivulkin, Koanda, Takulov, Kozlov, Umar Bala, Salu, Sirima (Serdyuk, 70).
Energetik-BGU – Lesko, Yudchits, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Jasur Yaxshiboyev, Shahboz Umarov (Bakich, 46), Tve, Musaxanyan.
Chetlalish: Musaxanyan (71, E).


179   
Добавить комментарий
Ваше имя: *