Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi: Ronaldu bor vujudi bilan dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga intilardi

“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi: Ronaldu bor vujudi bilan dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga intilardi

Автор: admin

“Manchester Yunayted” sobiq yarim himoyachisi Darren Fletcher sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
“Menimcha, u mana shunday “Manchester Yunayted”ga kelganidan minnatdor. Bu Ronalduga g‘oliblik ruhini singdirdi.
Aslida uni, yosh yigitchani, mavsumoldi o‘yinida bizga qarshi juda yaxshi harakat qilgani uchun Manchesterga olib kelishgan. Bir haftadan keyin u klub a’zosiga aylangandi.
Krishtianu ingilz tilini tezda o‘rganib oldi. 18 yoshida u har kuni qo‘shimcha mashg‘ulot olib borar va shaxsiy bosh oshpazga ega ilk futbolchiga aylangandi. Ronaldu mashg‘ulot paytida soniga qo‘shimcha yuk osib olardi, shu sabab o‘yin paytida chaqqon harakat qila olardi. Bu qanday yigit o‘zi?! U bor vujudi bilan dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga intilardi.
Ha, u boshida ko‘pchilikni ajablantirgan, yosh va ozg‘in yigit edi, biroq g‘ayrat, harakat va maqsadga bo‘lgan intilish uni jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib yetishishiga zamin yaratdi”, — deydi Fletcher.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2003—2009-yillar mobaynida “Manchester Yunayted” safida to‘p surgan.
99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *