Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Luis Alberto: «Men Ronalduni 2 marta mag‘lub etgan bo‘lsam, u qanday qilib eng yaxshi bo‘lishi mumkin?»

Luis Alberto: «Men Ronalduni 2 marta mag‘lub etgan bo‘lsam, u qanday qilib eng yaxshi bo‘lishi mumkin?»

Автор: admin

"Lasio" yarim himoyachisi Luis Alberto "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Ushbu mavsumda men Krishtianuni ikki marta mag‘lub etgan bo‘lsam, qanday qilib u eng yaxshi futbolchi bo‘lishi mumkin? Jiddiy gapiradigan bo‘lsam, portugaliyalik futbolchi meni hayratga qoldiradi. U o‘zining qat’iyati, kurash va g‘alabaga chanqoqligi bilan qoyil qoldiradi.

U barcha narsaga o‘z mehnati bilan erishdi. Lekin eng yaxshi futbolchi haqida gap ketganda, men Lionel Messini tanlayman", - dedi futbolchi "Sport Mediaset"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" ushbu mavsumda "Lasio" bilan ikki marta — A seriya va Italiya kubogi doirasida to‘qnash kelib, har safar 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Manba: isport.ua

90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *