Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» egalari Belgiyadan klub sotib olmoqchi

«Manchester Siti» egalari Belgiyadan klub sotib olmoqchi

Автор: admin

«Manchester Siti»ga egalik qiluvchi City Football Group (CFG) kompaniyasi Belgiyaning «Lommel» klubini sotib olmoqchi.
Bu borada rasmiy izohlar yo‘q, ammo CFG bitim doirasida belgiyaliklarning 1,75 mln funt miqdoridagi qarzlarini to‘lab bermoqchi.
«Lommel» Belgiyaning ikkinchi ligasida ishtirok etyapti va mavsum koronavirus tufayli to‘xtatilgan paytda 6-o‘rinni egallab turgan edi.
Eslatib o‘tamiz, City Football Group kompaniyasi «Manchester Siti» klubidan tashqari, «Nyu-York Siti» (AQSH), «Melburn Siti» (Avstraliya), «Jirona» (Ispaniya) va boshqa ko‘plab klublarga ham egalik qiladi.
Avvalroq, CFG 14 mln yevroga Fransiyaning «Nansi» klubini qo‘lga kiritmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.


68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *