Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Arda Turon: «Barselona»ga o‘tganimni bilmaganman, «Bavariya» deb o‘ylaganman»

Arda Turon: «Barselona»ga o‘tganimni bilmaganman, «Bavariya» deb o‘ylaganman»

Автор: admin

«Barselona»ning turkiyalik yarimhimoyachisi Arda Turon transferi bilan bog‘liq qiziq voqeani gapirib berdi.
«Agentim «Barselona»ga o‘tayotganimni aytmagan. Transfer haqida bitim amalga oshganidan 15 kun o‘tgach bilganman. Bu vaqt davomida «Bavariya»ga o‘tyapman deb o‘ylaganman. Bir yil oldin «Manchester Yunayted»ga o‘tishimga bir bahya qolgan edi.
Agentim bilan birga bo‘lganimda sumkasidan hujjatlar tushib ketgan. Shunda «Barselona» logotipini ko‘rib qolganman. Ko‘zlarimga ishonmaganman.
«Barselona»dan ketish qayg‘uli bo‘ldi. Messi va Suaresga eng ko‘p yordam beradigan futbolchi edim, ammo Valverde meni maydonga tushirmay qo‘ydi», — deb Turon so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Arda 2015 yil yozida «Atletiko»dan «Barselona»ga 35 mln yevro evaziga o‘tgan edi. Hozirgi vaqtda u Turkiyaning «Istanbul Boshoqshehir» klubida ijarada o‘ynayapti. 
Bu mavsumda 33 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 12ta o‘yinda maydonga tushgan.


78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *