Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Yovich qanday qilib oyog‘ini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi

Yovich qanday qilib oyog‘ini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Kuni kecha «Real» hujumchisi Luka Yovichning tovon suyagi singani aniq bo‘lgan edi. Futbolchining otasi Milan Yovich qanday qilib ushbu jarohatni orttirganini ma’lum qildi.

«Bu dahshat. Bu yangilik biz uchun syurpriz bo‘ldi. Luka Belgraddagi uyida klub tomonidan berilgan reja asosida shug‘ullanayotgan edi. Mashg‘ulot paytida oyog‘ida og‘riq his qildi.

Hech kim jarohatning bu qadar jiddiy ekanini bilmagan edi. U mavsumning qayta boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Luka maydonga chiqib, o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish qilmoqchi edi. Bunday muammo chiqib turibdi...

Hozir hech narsa aniq emas. U qancha muddatga safdan chiqqanini aniqlash uchun yana tekshiruvdan o‘tishi kerak», – dedi futbolchining otasi.
Manba: sports.ru

76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *