Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La ligada eng qimmat tarkibga ega yoshlar jamoasi reytingi e’lon qilindi

La ligada eng qimmat tarkibga ega yoshlar jamoasi reytingi e’lon qilindi

Автор: admin

Transfermarkt portali La ligada eng qimmat tarkibga ega yoshlar jamoasiga ega klublar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatning yuqori pog‘onasini «Barselona» egalladi. "Ko‘k-anorranglilar"ning yoshlar jamoasi tarkibi 34.03 mln yevroga baholandi.

Ikkinchi pog‘onani «Real»ning ikkinchi jamoasi hisoblangan «Kastilya» egalladi. Bu jamoa tarkibining umumiy narxi 30,45 mln yevroga teng bo‘ldi.

«Atletiko» uchinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa (16,73), «Real Sosyedad» (7,35) va «Atletik Bilbao» (6,95) kuchli beshlikka kirishdi.

So‘nggi o‘rinni esa «Leganes» egalladi — 800 ming yevro.
Manba: sports.ru

140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *