Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Barselona"ga o‘tishi kutilayotgan Pyanichga o‘rinbosar topildi

"Barselona"ga o‘tishi kutilayotgan Pyanichga o‘rinbosar topildi

Автор: admin

"Yuventus" klubi rahbariyati yozda “Barselona”ga o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Miralem Pyanich o‘rniga munosib futbolchi qidirmoqda.
The National nashrining yozishicha, turinliklar bu borada "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Jorjinoni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. E’tiborli tomoni, u “Yuve” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri qo‘l ostida "Napoli" va "Chelsi"da o‘ynagan. Shu sababli ham u yana Italiyaga qaytishga qarshi emas.
Jorjino joriy mavsum “Chelsi” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 52 mln evroga baholanmoqda.


72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *