Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » To‘rt futbolchi «Xetafe»ga qarshi o‘yinda «Real»ga yordam bera olmaydi

To‘rt futbolchi «Xetafe»ga qarshi o‘yinda «Real»ga yordam bera olmaydi

Автор: admin

«Real» klubi rasmiy sayti La Liga doirasidagi «Xetafe»ga qarshi o‘yin uchun 19 futbolchidan iborat qaydnomani e’lon qildi.
Qaydnomaga ko‘ra, Xames Rodriges, Lukas Vaskes va himoyachi Marselo jarohatdan forig‘ bo‘lganiga qaramay, kengaytirilgan tarkibdan o‘rin olmagan.
Kazemiro diskvalifikatsiyadan keyin tarkibga qaytgan bo‘lsa, Serxio Ramos aksincha, sariq kartochkalar soni 4taga yetgani bois, bu uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur.
«Real»ning «Xetafe»ga qarshi o‘yini uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi.
Yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.
Hujumchilar: Karim Benzema, Garet Beyl, Luka Yovich, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.
Eslatib o‘tamiz, La Liga 19-turi doirasidagi «Xetafe» - «Real» uchrashuvi 4 yanvar, shanba kuni soat 20:00da boshlanadi.


164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *