Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar e’lon qilindi. “Manchester Yunayted” bu borada yetakchi

Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar e’lon qilindi. “Manchester Yunayted” bu borada yetakchi

Автор: admin

2019/20-yilgi mavsumda eng ko‘p tomoshabin “Manchester Yunayted”ning uy stadionida qayd etilgan. “Old Trafford”ga o‘rtacha har bir o‘yinda 72 710 tomoshabin kelgan.
Ikkinchi o‘rindadan 60 275 ko‘rsatkich bilan “Arsenal” joy olgan bo‘lsa, “Vest Hem” (59 925) kuchli uchlikka yakun yasagan. Ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasida “Bornmut” qayd etilgan, jamoaning har bir uchrashuviga o‘rtacha 10 498 tomoshabin tashrif buyurgan.
APL 2019/20-yilgi mavsumida o‘rtacha tomoshabin tashrifi bo‘yicha top-10 klub:
“Manchester Yunayted” — 72 710 tomoshabin
“Arsenal” — 60 275
“Vest Hem” — 59 925
“Tottenhem” — 59 384
“Manchester Siti” — 54 391
“Liverpul” — 53 143
“Nyukasl” — 42 248
“Aston Villa” — 41 661
“Chelsi” — 40 563
“Everton” — 39 150
To‘liq ro‘yxat:

Foto: Onefootball
Eslatib o‘tamiz, Premyer Liga bahslari koronavirus pandemiyasi sabab 29-turga kelib to‘xtab qolgan. Unda “Liverpul” 82-ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchisini 25 ochkoga ortda qoldirmoqda.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *