Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» sardori faoliyatidagi eng yomon ikki futbolchini aytdi

«Yuventus» sardori faoliyatidagi eng yomon ikki futbolchini aytdi

Автор: admin

«Yuventus» klubi sardori Jorjo Kellini faoliyati davomidagi eng yomon ikki futbolchi haqida gapirdi.
«Bu haqda avtobiografiyamda ham yozganman. Birinchisi Mario Balotelli. U nafaqat yaxshi futbolchi emas, balki yomon odam ham. U kollektivni hech qachon hurmat qilmagan. 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogida Mario Italiya milliy jamoasiga faqat zarar keltirgan va shunga yarasha dakkini eshitgan. Ko‘pchilik uni jahonning eng yaxshi besh forvardidan biri deb bilardi, men esa uni top-20likka ham kiritmayman. Insoniylik jihatdan u hurmatga loyiq emas. 
Balotelliga o‘xshagan yana bir futbolchi o‘ynagandi «Yuventus»da – Felipe Melo. U yomonlar ichida eng yomoni edi. Uning qiliqlari va boshqalarga nisbatan hurmatsizlik qilishlariga chidash qiyin bo‘lgan. Melo o‘z xarakteri bilan o‘zini yomon xulqli zo‘ravon ekanligini ko‘rsatishga urinardi. U tarkibda ekanligida jamoamizda doim qandaydir asabiylik holati bo‘lib, gohida mashg‘ulotlarimiz mushtlashuvga aylanishiga oz qolardi. Oxir-oqibat klub rahbariyatiga borib, Felipe «chirigan olma» ekanligini aytganman», - deya Kellinining so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.


110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *