Goal24.uz » Video lavhalar » Turan "CHelsi" bilan o'yin haqida: "Simeone bizga Azarning himoyaga yordam bermasligini aytgandi va biz..."

Turan "CHelsi" bilan o'yin haqida: "Simeone bizga Azarning himoyaga yordam bermasligini aytgandi va biz..."

Автор: admin

"Men futbol taktikalarini "Atletiko"da o'rganganman. O'yinga taktik jihatdan tayyorgarlik ko'rmas ekansan, uni 0:2dan boshlaysan.
Simeone tufayli CHempionlar Ligasi doirasidagi "CHelsi"ga qarshi o'yin uchun ajoyib tayyorgarlik ko'rgandik.
U bizlarga Azar chap qanot himoyaga qaytmasligini va mudofaaga yordam bermasligini aytgandi.
Bizning o'ng qanot himoyachimiz Xuanfran esa 3 marta o'tib ketdi. Azar esa uning ortidan yugurmadi. Biz uchta gol urdik va 3:1 hisobida g'alaba qozondik", - deydi Turan.
CHLning 2013/14 yilgi mavsum yarim final o'yinining dastlabkisida "Atletiko" o'z uyida 0:0 hisobida durang o'ynagan va javob o'yinida, Londonda "CHelsi"ni 3:1 hisobida taslim etgan. Turan esa bu o'yinda o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ygandi.


96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *