Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Bir vaqtlar Neymar 200-raqamda Ronaldino uslubida gol urgandi

Bir vaqtlar Neymar 200-raqamda Ronaldino uslubida gol urgandi

Автор: admin

Masalan, "Ayaks"da o'ynagan Edson Alvares o'z vatanida 282-raqamda harakat qilardi. Braziliyada esa raqamlar odatdagidek. Biroq bundan mustasno bo'lib turadigan holatlar bo'lib turadi. Odatda bir martalik akciyalar yoki qandaydir katta yubileylarda shunday raqamlarda o'ynashadi. 2012 yilning oktyabr oyida Neymar "Atletiko Mineyru" jamoasiga qarshi o'yinga 200-raqamli libos bilan chiqdi.
SHu orqali u "Santos"dagi 200-o'yinini nishonladi.

O'shanda Neymarning faoliyati endi boshlanayotgan bo'lsa, Ronaldinoniki tugayotgandi. U Ronniga juda katta hurmat bilan qaraydi.


"Santos" ilk hujumdayoq hisobda oldinga chiqib oldi, 12-daqiqada esa Neymar ajoyib goli bilan ustunlikni mustahkamladi. U to'pni qabul qilib oldi va uch raqibini aldab o'tib, gol urdi.
Ronaldino jamoasi esa tanaffusga qadar muvozanatni tikladi. Gollardan birini "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Jo urdi. O'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Neymar bu o'yinga deyarli to'liq tayyor edi. U terma tarkibida Yaponiya darvozasiga ikkita gol urib, Polshaning Vroclav shahridan 20 soatlik yo'ldan kelgandi. Lekin u aynan Ronaldino qarshisida 200-raqamli libosda o'ynashni istagani ko'rinib turardi.
Umuman olganda Ronaldino butun bir Braziliyada katta hurmatga ega edi.
Neymar 7-raqamli Robinodan, 11-raqamli Romariodan ilhom olgan.
Raqam tanlashda futbolchi asosan braziliyalik futbol afsonalariga etibor berardi. "Mening kumirim Robino edi, shu boisdan "Santos"da aynan 7-raqamda o'ynashni boshlaganman. U klubga qaytganidan keyin esa bu raqamni unga bo'shatib, o'zimning ikkinchi sevimli raqamim 11ga o'tganman.
Luis Felipe Skolari 2013 yili Konfederaciyalar kubogidan oldin raqamlarni bo'lib berayotganimda unga 7 va 11-raqamlarni yoqtirishimni aytgandim. Biroq Dani Alves menga qarab: "Maydonda sen o'ninchi futbolchisan, demak, 10-raqamni olishing kerak", - degandi.
Neymar 7-raqamni Robino sababli yoqtiradigan bo'lsa, 11-raqamni Romario sababli tanlardi. "Romarioning o'yinlaridan doimo zavq olganman va shu boisdan 11-raqamni tanlardim. Ha, bazida 10-raqamda ham o'ynardim, ammo 11ga etiborim o'zgacha", - degandi 2012 yili Neymar.

Oradan bir yil o'tib, forvard Evropaga ko'chib o'tdi. "Barsa"da unga 7 va 11dan birini tanlash imkoniyati taqdim qilindi, u 11ni tanladi. O'shanda "Bavariya"ga ketgan Tyago Alkantaradan keyin raqam bo'sh qolgandi.
PSJda u 10-raqamda o'ynaydi. Franciya kubogining dastlabki bosqichlaridagi o'yinlarda asosiy tarkib futbolchilari 1 va 11-raqamdagi futbolkalarni kiyishadi, zaxiradagilar esa 12dan yuqorisi. Yanvarda Neymar va Mbappe kubokdagi o'yinda zaxirada qoldi va mos ravishda 12 hamda 14-raqamli liboslarni tanlashdi.

Neymar 12-raqamni mini-futbol yulduzi Falkao sababli oldi. U ikki karra jahon, 5 karra Amerika Kubogi, 8 karra Janubiy Amerika klublar o'rtasidagi chempioni, Braziliyaning 9 karra chempioni bo'lgan. SHuningdek, u 4 marta dunyoning eng yaxshisi sifatida etirof etilgan va JCH-2004 hamda JCH-2008da turnirning eng yaxshi futzalchisiga aylangan.

127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *