Goal24.uz » O'zbekiston » «UzReport» Janubiy Koreya chempionatini namoyish etish huquqini sotib oldi

«UzReport» Janubiy Koreya chempionatini namoyish etish huquqini sotib oldi

Автор: admin

Butun dunyoda koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya ortga chekinib, asta-sekin futbol musobaqalari qaytmoqda, deya yozadi «Futbol TV» kanalining telegramdagi rasmiy sahifasi.
«Osiyo mamlakatlari ichida eng ilg‘ori hisoblangan Janubiy Koreya K-ligasi start oldi. Jonli futbolni sog‘inib qolgan muxlislar qiziqishidan kelib chiqqan holda, UzReport Janubiy Koreya milliy chempionati – Key liga o‘yinlari translyatsiyasi huquqini sotib oldi. Mazkur chempionatning o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun yana bir e’tiborli tomoni shundaki, ushbu musobaqada Jamshid Iskanderov, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Ikrom Aliboyev singari legionerlarimiz to‘p surmoqda», - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishcha, Futbol TV 10 may kuni hamyurtimiz Ikrom Aliboyev faoliyat yuritayotgan «Seul» jamoasining «Kanvon» klubiga qarshi uchrashuvi bilan Key-liga o‘yinlari translsiyasini boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Key ligada 12 jamoa ishtirok etadi. Telekanal orqali turning muhim bahslari namoyish etilishi rejalashtirilgan.


86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *