Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ronaldo «Oltin to‘p»ni olishi kerak bo‘lgan 5 futbolchini aytdi

Ronaldo «Oltin to‘p»ni olishi kerak bo‘lgan 5 futbolchini aytdi

Автор: admin

«Barselona» va «Inter» klublari sobiq futbolchisi Ronaldo «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq bo‘lgan 5 futbolchini nomini aytdi.

«Shu paytgacha «Oltin to‘p»ga loyiq bo‘lgan, ammo ushbu sovrinni qo‘lga kiritmagan 4 futbolchi bor: Alessandro Del Pyero, Paolo Maldini, Franchesko Totti va Raul. Ushbu ro‘yxatga men Roberto Karlosni ham qo‘shgan bo‘lardim. U sovrin uchun kurashda mendan keyin ikki marta 2-o‘rinni egallagan», — dedi Ronaldo "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.

Ronaldo faoliyati davomida 1997 va 2002 yillarda «Oltin to‘p»ga ega chiqqan. Shuningdek, u FIFA versiyasiga ko‘ra u marta yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tan olindi.
Manba: sport24.ru

134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *