Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Bravo ortga qaytmoqchi
 
Angliyaning “Manchester Siti” klubi darvozaboni Klaudio Bravo yozda jamoani tark etadigan bo‘ldi.
Bu haqida bir nechta britaniya nashrlari ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, chililik posbonning keyingi manzili “Kola Kola” jamoasi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ayni damda sifatli darvozabon ishlashda davom etmoqda.
“Liverpul”dan o‘zgacha yurish
 
Taniqli ASnashri bergan xabarlarga qaraganda, “Liverpul” jamoasi yozda braziliyalik iqtidorli futbolchi Talles Magno bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, 17 yoshli futbolchi bilan biroz avvalroq “Benfika” klubi qiziqish bildirgan va uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun “Vasko Da Gama”ga 3 million yevro taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, korona-tanaffus sababli katta daromadday ayrilgan klub, Timo Vernerning o‘rnini aynan Magno bilan to‘ldirishni reja qilgan.
Pogba PSJda?!
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba yozda Parijga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Soccerlinknashri bergan xabarlarga qaraganda, bu transferni amalga oshirish uchun Mino Rayola allaqachon ishlarni boshlab yuborgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, bugungi kunda “Yuventus” ham krizis sababli Pogba transferidan voz kechgani bois, PSJdan boshqa klub Pol uchun kurash olib bormayapti.
“Liverpul”dan bomba?!
 
Angliyaning “Liverpul” jamoasi yozda o‘z safiga dunyoning eng kuchli himoyachilaridan yana birini qo‘shib olishi mumkin.
Daily Mirrornashri bergan xabarlarga qaraganda, “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali tez orada “Liverpul” futbolchisiga aylanishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, shaxsan Yurgen Klopp Virjil Van Deyk bilan tandemda Kulibali to‘p surishini istamoqda.
Rabyo uchun yangi da’vogar
 
Turinning “Yuventus” jamoasida ishlari yurishmayotgan Adriyen Rabyo tez orada APLga yo‘l olishi mumkin.
“Di Torino” nashri bergan xabarlarga qaraganda, yarim himoyachi uchun kurashga endilikda “Everton” ham qo‘shilgan.
Avvalroq fransiyalik futbolchining hizmatlari bilan “Tottenhem” va “Arsenal” jamoalari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *