Goal24.uz » Jahon » JCH-2022 qoldiriladimi? FIFA vakili javob berdi

JCH-2022 qoldiriladimi? FIFA vakili javob berdi

Автор: admin

2022 yil Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan jahon chempionati boshqa muddatga qoldirilishi ko‘rib chiqilmayapti. Bu haqda Rossiyaning RIA Novosti agentligi muxbiriga FIFA vakili ma’lum qilgan.
Manbada aytilishicha, FIFA yig‘ilib qolgan o‘yinlarni qulay muddatda o‘tkazish uchun a’zolar bilan maslahatlashgan holda yechim topadi: «Pandemiya vaqtida futbol jamoatchiligi birdamlik ko‘rsatmoqda va FIFA bu koronavirusning futbolga ta’sirini kamaytirishiga ishonadi», deb FIFA vakilining so‘zlarini keltirgan RIA Novosti. 
Agentlikning suhbatdoshi 18 mart kuni FIFA tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgani, bu guruh pandemiya vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqqani va xususan, xalqaro o‘yinlar kalendari bo‘yicha ishlayotganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi sabab JCH-2022 saralash o‘yinlari to‘xtatib qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasining Yaman (31 mart), Singapur (4 iyun) va Saudiyaga qarshi (9 iyun) o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilgan. Saralashning «D» guruhida qatnashayotgan O‘zbekiston 9 ochko bilan o‘z guruhida yetakchilik qilmoqda.


100   
Добавить комментарий
Ваше имя: *