Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Napoli" Sardorni qo‘lga kiritish uchun ilk qadamlarni tashladi

"Napoli" Sardorni qo‘lga kiritish uchun ilk qadamlarni tashladi

Автор: admin

“Napoli” klubi “Zenit” forvardi Sardor Azmunni qo‘lga kiritish uchun dastlabki qadamlarni tashladi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Ammo, neapolliklar sport direktori Kristiano Juntoli esa hali belgiyalik hujumchi Dris Mertensning jamoadagi taqdiriga oydinlik kiritilmasdan turib, eronlik futbolchi borasida rasman e’lon qilishni xohlamayapti. Boisi, Azmun aynan Mertensga o‘rinbosar sifatida qaralmoqda.
Azmun joriy mavsum “Zenit” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi esa 15 mln evroga baholanmoqda.


76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *