Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Nyukasl” hazillashmayapti
Angliyaning “Nyukasl” klubi egalari koronavirus sababli pasayib ketishi kutilayotgan transfer bozorini portlatishga qaror qilgan ko‘rinadi.
“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, ingliz klubi Koutino uchun “Barselona”ga 80 million yevro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, ijara asosida “Bavariya”da to‘p surayotgan braziliyalik futbolchining ayni damda transfer qiymati 56 million yevroni tashkil etmoqda.
“Milan” “Real” futbolchisi kerak
 
Milanning “Milan” jamoasi yozda “Real” hujumchisi Luka Yovichni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.
“Le Gazzeta Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “rossonerilar” jamoani mavsum so‘nggida tark etishga yaqin turgan Zlatan Ibrahimovichning o‘rnini aynan serbiyalik futbolchi bilan to‘ldirishni istamoqda.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, Italiya klubi Yovichni ijaraga olishga ham rozi. Hozircha, Madrid klubi taklif borasida rasman javob berganicha yo‘q.
“Tottenhem” kamharj uslubdan foydalmoqchi
 
Angliyaning “Tottenhem” jamoasi yozda klubni tark etishi tobora aniqlashib borayotgan Yan Vertongenning o‘rnini “Norvich” himoyachisi Jamal Lyuis bilan to‘ldirmoqchi.
Britaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, “shporlar” 22 yoshli himoyachi uchun 10 million yevrodan voz kechishga tayyor.
Shunga qaramay, “Norvich” o‘z futbolchisini 20 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligi borasida rasman ma’lumot bilan chiqdi.
Hozircha, transfer borasida rasmiy ma’lumotlar yo‘q, biroq futbolchining o‘zi klubidan uni “Tottenhem”ga qo‘yib yuborishlarini iltimos qilgan.
“Roma” hujumchi izlamoqda
 
Rimning “Roma” klubi yozda Edin Jekoni almashtirishga qodir hujumchini sotib olishni reja qilmoqda.
“Tuttomercato” nashri bergan xabarlarga qaraganda, jamoa shortlistida Argentinaning “Talyeras” klubi forvordi Nauyel Bustos mavjud.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, agar Jeko jamoani tark etsa, yoki butsalarini mixga ilsa,aynan Bustos “Roma”ning asosiy hujumchisiga aylanadi.
Transfermerket hujumchini 7 millionga baholamoqda, biroq Argentina klubi uni 15 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Draksler “Inter”da?!
 
Parijning PSJ jamoasi yarim himoyachisi Yulian Draksler tez orada “Inter” futbolchisiga aylanishi mumkin.
“Le'quipe" nashri bergan xabarlarga qaraganda, PSJ Ikardi uchun “Inter”ga to‘lashi kutilayotgan 70-80 millionning bir qismini Draksler bilan to‘ldirishni istamoqda.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, nemis futbolchisining o‘zi ham jamoasini o‘zgaritishga qarshi emas. U ayni damda o‘yin amaliyosiz qolib ketayotganidan norozi.

286   
Добавить комментарий
Ваше имя: *